Past kuchlanishli elektr tarmoqlari uskunalarining texnik holati va eksploatatsion ishonchliligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: 0,4 kV taqsimlash tarmoqlarida uskunalarning eskirishi, yuklamaning notekisligi, garmonik buzilishlar, kuchlanish nosimmetriyasi, qizish va kontakt birikmalarining yomonlashuvi bir vaqtning o‘zida ta’sir qilib, avariya xavfini oshiradi. Alohida parametr bo‘yicha nazorat uskunaning haqiqiy texnik holatini to‘liq ifodalamaydi. Shu sababli rejim, issiqlik, ekspluatatsion va tashqi omillarni yagona ko‘rsatkichga birlashtiruvchi ko‘p omilli baholash metodikasini ishlab chiqish dolzarbdir.


Maqsad: past kuchlanishli elektr tarmoqlari uskunalarining texnik holati va ekspluatatsion ishonchliligiga ta’sir etuvchi omillarni tizimlashtirish, ularning miqdoriy ta’sirini baholash hamda texnik holat indeksi bilan nosozlik intensivligi o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash.


Usullari: omilli tahlil, parametrlarni normallashtirish, vaznli integral baholash, Arrenius tipidagi harorat koeffitsiyenti, eksponensial ishonchlilik modeli, korrelyatsion-regression tahlil va 24 ta shartli obyekt uchun hisoblash eksperimenti.


Natijalar: 8 ta asosiy omilni birlashtiruvchi integral texnik holat indeksi taklif etildi. Hisoblash tajribasida yuklanish va haroratning integral riskka eng katta ulush berishi, texnik holat indeksi kamayishi bilan nosozlik intensivligi eksponensial ortishi ko‘rsatildi. Metodika transformator, kabel, kommutatsiya apparati va kontakt birikmalarini yagona mezonda taqqoslash imkonini beradi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Ikromjon U. Rakhmonov, & Sardor D. Isakulov. (2026). Past kuchlanishli elektr tarmoqlari uskunalarining texnik holati va eksploatatsion ishonchliligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3(1), 73–79. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/450
Ko'rishlar soni: 6

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari

1 2 > >>