LED yoritish qurilmasining harorat rejimini AN-SYS Workbench muhitida dinamik termik tahlil qilish
Referat
Dolzarbligi: LED yoritish qurilmasida issiqlikning tarqalishi uning konstruksiyasi, materiallarning termofizik xossalari va ish rejimiga bog‘liq. O‘rtacha haroratni baholash platadagi lokal qizish hududlarini to‘liq aniqlashga imkon bermaydi. Shu sababli haroratning fazoviy taqsimoti va vaqt bo‘yicha o‘zgarishini birgalikda hisoblash tok orqali termik yuklanishni kamaytirish imkoniyatini baholash uchun zarur.
Maqsad: LED yoritish qurilmasining uch o‘lchamli nostatsionar harorat maydonini hisoblash hamda nominal va tok kamaytirilgan rejimlarni qiyoslash orqali tokni rostlashning termik samarasini miqdoriy baholash.
Usullari: ANSYS Workbench dasturining Transient Thermal modulida chekli elementlar usuli qo‘llanildi. Modelda konstruktiv elementlar orqali issiqlik o‘tkazuvchanlik, tashqi muhit bilan konvektiv issiqlik almashinuvi va hajmiy ichki issiqlik ajralishi hisobga olindi. Ikki ish rejimi yagona geometriya, materiallar va chegaraviy shartlarda 5400 s davomida hisoblandi. Maksimal haroratning ichki issiqlik ajralishiga bog‘liqligi parametrik tahlil qilindi.
Natijalar: 5400 s da LED chiplar joylashgan platadagi maksimal harorat nominal rejimda 69,142 °C, tok kamaytirilgan rejimda 63,938 °C bo‘ldi. Termik samara 5,204 °C ni tashkil etdi. Platadagi maksimal va minimal haroratlar farqi 0,265 °C dan 0,237 °C gacha kamaydi. Natijalar ichki issiqlik ajralishini kamaytirish orqali platadagi haroratni pasaytirish mumkinligini ko‘rsatdi.
