O‘zbekistonda binolarning yashil sertifikatlash tizimi: holati va rivojlanish istiqbollari

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: O‘zbekistonda binolar, ayniqsa ijtimoiy sohada, energiya iste’molining eng yirik manbalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakat “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonida bo‘lganligi sababli energiya tejamkor, ekologik barqaror binolarni baholash va sertifikatlashning milliy tizimini joriy etish zarurati ortib bormoqda. Bu tizim energiya sarfini kamaytirish, CO₂ chiqindilarini qisqartirish va bino ekspluatatsiyasi sifatini yaxshilashga xizmat.


Maqsad: O‘zbekiston sharoitida yashil sertifikatsiya tizimini rivojlantirish imkoniyatlarini xalqaro tajriba, me’yoriy hujjatlar va mavjud pilot loyihalar asosida aniqlash.


Usullari: Xalqaro sertifikatlash tizimlarining (LEED, BREEAM, EDGE) qiyosiy tahlili, O‘zbekistonning normativ-huquqiy hujjatlarini o‘rganish, davlat dasturlari va pilot loyihalar natijalarini tahlil qilish.


Natijalar: Normativ asoslar yaratilgan bo‘lsa-da, amaliy qo‘llanish hali cheklanganligi aniqlandi. Yashil binolarning energiya sarfini va chiqindilarni kamaytirishdagi samaradorligi tasdiqlandi. Rivojlantirish uchun asosiy yo‘nalishlar taklif etildi: sertifikatsiya jarayonini institutsionallashtirish, quruvchilarni rag‘batlantirish, energiya pasportlari bilan integratsiya va pilot obyektlar sonini kengaytirish.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Nilufar R. Avezova, Sherzod I. Sodikov, Maxina K. Turdaliyeva, & Botir B. Gulyamov. (2026). O‘zbekistonda binolarning yashil sertifikatlash tizimi: holati va rivojlanish istiqbollari . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 400–417. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/329
Ko'rishlar soni: 35