O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari bo‘ylab shamol generatorlarini qo‘llashning afzalliklari

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: O‘zbekiston sharoitida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish masalasi dolzarb hisoblanadi. Energetika tizimida barqarorlikni ta’minlash, importga qaramlikni kamaytirish va ekologik muammolarni hal etishda shamol yordamida elektr energiya ishlab chiqarish muhim rol o‘ynaydi. Shu borada, avtomobil yo‘llari bo‘ylab shamol generatorlarini o‘rnatish mamlakatimiz uchun innovatsion yechimdir.


Maqsad: ushbu maqolaning asosiy maqsadi – O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati misolida avtomobil yo‘llari bo‘ylab shamol generatorlarini o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganish, ularning texnik-iqtisodiy samaradorligini hisoblash va ekologik ahamiyatini aniqlashdan iborat.


Usullari: tadqiqotda nazariy tahlil, matematik hisob-kitob, grafik usullar va iqtisodiy baholash metodlari qo‘llanildi. Shuningdek, shamol tezligi bo‘yicha statistik ma’lumotlar va transport oqimi asosida simulyatsiya o‘tkazildi.


Natijalar: agar avtomobil magistral yo‘llari  bo‘ylab 10 mingta turbina o‘rnatilsa, umumiy ishlab chiqariladigan energiya yiliga 6,2 million kW ga teng bo‘ladi. Bu energiya yo‘llarni yoritish, elektromobillarni quvvatlash va mahalliy tarmoqlarni ta’minlash uchun yetarli bo‘ladi (Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari misolida).

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Moxira U. Idrisxodjayeva, Xoljan E. Xolbutayeva, Moldagali B. Peysenov, & Sabit D. Rismuxamedov. (2026). O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari bo‘ylab shamol generatorlarini qo‘llashning afzalliklari. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 197–202. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/297
Ko'rishlar soni: 19

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari