Kombinatsiyalashgan chulg‘am qoʻllash orqali asinxron mashinalar energiya samaradorligini oshirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Elektr mashinalar sohasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, energiya samaradorlikni oshirish yuqori miqdordagi material sarf xarajatlari yoki yaxshilangan xususiyatlarga ega qimmatbaho elektrotexnik materiallar qo’llash hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Bu esa o’z navbatida motor tannarxini oshishiga olib keladi. Yuqoridagi usullardan farqli ravishda kombinatsiyalashgan chulg'amlarni qo’llash orqali elektr motorlarning energiya samaradorligini additiv texnologiya va qimmatbaho elektrotexnik materiallardan foydalanmasdan,  oshirish mumkin. Shu bilan birga yuqori garmonikalar tarkibining yaxshilanishi mashinaning qo‘shimcha isroflarining kamayishiga olib keladi. 


Maqsad: Asinxron motor statorida standart chulg'am o'rniga kombinatsiyalashgan chulg'amni qo'llash oqarli stator chulg'amidagi qo’shimcha isroflarni kamaytirishga hamda MYuK taqsimlanish egri chizig’idagi yuqori garmonik tashkil etuvchilarning ulushini kamayishi hisobiga motor energiya samaradorligini oshirishdan iborat.


Usullari: Kombinstsiyalashgan chulg‘amning elektromagnit xossalarini standart chulg‘amga nisbatan  avzallilarini baholash uchun garmonik tahlillar o’tkazildi va chulg‘am koeffitsientlari hisoblandi.


Natijalar: Kombinatsiyalashgan chulg‘am uchun MYuK dagi yuqori garmonik tashkil etuvchilar amplitudasi standart chulg'amga nisbatan sezilari darajada yaxshilandi. Bunda asosiy garmonikaning umumuiy garmonik tarkibga nisbati 3% ga chulg‘am koeffitsienti esa taxminan 3,5% ga yaxshilandi.  Ushbu turdagi maxsus chulg‘amlarning standart chulg‘amga nisbatan umumiy avzalliklari to’g’risida ma’lumot keltirilgan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Maxsud K. Bobojanov, Furqat N. Tuychiev, & Nuralibek X. Rashidov. (2026). Kombinatsiyalashgan chulg‘am qoʻllash orqali asinxron mashinalar energiya samaradorligini oshirish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (3), 135–140. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/233
Ko'rishlar soni: 18