Diod-tiristor zanjirlarining trigger effektidan foydalangan holda o’zgaruvchan tok elektr yuritmalarini samarali boshqarish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: so‘nggi yillarda O‘zbekistonda energiya sohasiga zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning keng tarqalishi, sanoatda avtomatik boshqaruv tizimlarining joriy etilishi munosabati bilan elektr jihozlarining ishonchliligi, tezligi va chidamliligiga qo'yiladigan talablar sezilarli darajada oshdi va shu bilan birga, ish jarayonida uskunaga texnik xizmat ko'rsatish minimal darajaga tushirilishi kerak. Bu talablar asosan kontaktsiz elektr jihozlari tomonidan qondiriladi. O'zgaruvchan tok zanjirlari uchun elektr jihozlarining elementlari sifatida ishonchli va tejamkor ishga tushirish va kommutatsiya qurilmalari va apparatlarini yaratish muammosi elektr jixozlar va boshqa energiya qurilmalarining ishlashi uzluksizligi, aniqligi va tezligini ta'minlash uchun katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, yarim o'tkazgichli kontaktsiz kommutatsiya qurilmalarini qiyin iqlim sharoitida, turli sanoat tarmoqlarida, elektr yuritmalarni avtomatik boshqarish sohasida va elektr ta'minoti tizimlarida qo'llash istiqbolli hisoblanadi.


Maqsad: o'zgaruvchan tok elektr yuritmalarini ishga tushirish va minimal kuchlanishlarida ishlatilishidan himoya qilish uchun kontaktsiz yarim o'tkazgichli qurilmani ishlab chiqishdan iborat.


Usullari: taklif etilayotgan qurilmani yaratishda nazariy tadqiqotlar asosida diod-tiristorli zanjirlarida aniqlangan trigger effekti yordamida eksprimental tarzida asinxron motorni boshqarishda yani ishga tushirish va minimal kuchlanishda ishlatilishidan himoyalash amalga oshirildi.


Natijalar: ushbu o'rganilgan zanjirlardan foydalanib, o'zgaruvchan tok elektr motorlarining minimal kuchlanishlarda ishlashidan himoya qilish va ishga tushirish uchun kontaktsiz qurilmani ishlab chiqish mumkinligi aniqlandi. Elektr motorlarni tez-tez ishga tushirish va tarmoq kuchlanishining pasayishi bilan ishlashini oldini olgan holda, asinxron elektr motorining kontaktsiz uch fazali tiristorli ishga tushirgichi moslamasi taklif etildi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Erkin X. Abduraimov. (2026). Diod-tiristor zanjirlarining trigger effektidan foydalangan holda o’zgaruvchan tok elektr yuritmalarini samarali boshqarish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (2), 169–175. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/202
Ko'rishlar soni: 14