Passiv uylar sohasida xalqaro va milliy tajriba tahlili
Referat
Dolzarbllik: Tadqiqot uy-joy tarmog‘ida energiya sarfini kamaytirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lib, bu global energiya resurslariga talabning oshishi, yoqilg‘i resurslarining cheklanganligi va issiqxona gazlari chiqindilari bilan bog‘liq ekologik muammolar sharoitida ayniqsa muhimdir. Minimal energiya sarfi va yuqori ekologik tozalikka ega bo‘lgan passiv uylarni ishlab chiqish va joriy etish barqaror rivojlanish va energiya samaradorligiga erishishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. O‘zbekistonning keskin kontinental iqlim sharoitida tadqiqotning dolzarbligi xalqaro passiv uy qurilishi standartlarini mahalliy iqlimiy, texnik va normativ shart-sharoitlarga moslashtirish zarurati, shuningdek, energiya samarali texnologiyalarni ommaviy qo‘llash uchun pilot loyihalarni kengaytirish ehtiyoji bilan izohlanadi.
Maqsad: Passiv uylarni loyihalashtirish bo‘yicha xalqaro hamda mahalliy tajribani umumlashtirish va tahlil qilish, passiv uy standartlari va asosiy mezonlarini aniqlash, shuningdek, O‘zbekiston iqlim sharoitlariga moslashtirishning ekologik, texnik va me’yoriy jihatlarini baholash hamda respublika iqtisodiyot tarmoqlari uchun ushbu kontsepsiyani joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Usullar: Ishda passiv uylarni loyihalashtirishning xalqaro va milliy standartlarini (shu jumladan PH va PHIUS standartlarini) tizimli tahlil va taqqoslash usullari qo‘llanilgan. Ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va passiv uylarni amalda joriy etish misollariga sharhlangan. Binolar energiya samaradorligini baholash usullari, jumladan, solishtirma energiya sarfi, issiqlik yo‘qotishlari tahlili va muhandislik tizimlari samaradorligi tahlil qilingan.
Natijalar: Passiv uy konseptsiyasining energiya sarfini kamaytirishda (an’anaviy binolarga nisbatan 90% gacha) yuqori samaradorligi va qulay mikroiqlimni ta’minlash imkoniyati tasdiqlangan. Xalqaro passiv uy qurilishi standartlarini O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish keskin kontinental iqlimni hisobga olishni talab qiladi, bu issiqlik izolyatsiyasini optimallashtirish, quyoshdan himoya qilish, tashqi qobiqning germetikligi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiyalash orqali amalga oshiriladi. O‘zbekistondagi pilot loyihalar (masalan, Nurofshondagi uy) deyarli nol energiya sarfi imkoniyatini namoyish etadi. Respublikada passiv uy qurilishi texnologiyalarini kengaytirish va normativ bazani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
