Konchilik korxonalarida rudani yanchish jarayonining solishtirma elektr energiya sarfiga ta’sir etuvchi texnologik omillarni omilli tahlil asosida baholash

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: ushbu maqola konchilik korxonalarida rudani yanchish jarayonining solishtirma elektr energiya sarfiga ta’sir etuvchi texnologik omillarni baholashga qaratilgan. Rudani yanchish jarayonida elektr energiya sarfining o‘zgarishiga ruda xossalari, qayta ishlash hajmi hamda tegirmonlarning texnologik ish rejimlari ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omillarni birgalikda hisobga olish asosida rudani yanchish jarayonining energiya samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy texnologik omillar tahlil qilingan.


Maqsad: rudani yanchish jarayonida solishtirma elektr energiya sarfiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi texnologik omillarni omilli tahlil va korrelyatsion bog‘lanishlar asosida aniqlash hamda ularni ustuvor guruhlarga ajratishdan iborat. Solishtirma elektr energiya sarfining shakllanishini baholash texnologik ko‘rsatkichlarning o‘zaro ta’siri va ularning energiya iste’moli bilan bog‘liqligini aniqlash.


Usullar: 7-gidrometallurgiya zavodining ishlab chiqarish va texnologik ko‘rsatkichlari asosida omilli tahlil, “toshli to‘kilma” (scree) mezoni va korrelyatsiya matritsasidan foydalanilgan. Omilli tahlilda omil yuklamalarining chegara qiymati 0,47 deb qabul qilingan. Tadqiqotda texnologik ko‘rsatkichlarni omillar guruhlariga ajratish, ularning solishtirma elektr energiya sarfiga ta’sir darajasini baholash hamda ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlarni o‘rganish amalga oshirilgan.


Natijalar: tadqiqot natijalarida texnologik ko‘rsatkichlar to‘rtta omil guruhiga ajratilgan. Birinchi to‘rtta omil umumiy dispersiyaning 61,25 % ini, dastlabki ikki omil esa 39,07 % ini tashkil etishi aniqlangan. Solishtirma elektr energiya sarfi bilan tegirmon mahsuldorligi (r=-0,56), rudadagi umumiy temir ulushi (r=-0,50), tegirmon quvvat sarfi (r=-0,46) va konsentrat namligi (r=0,45) o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar baholangan. Yakuniy tahlil natijasida rudani yanchish jarayonining solishtirma elektr energiya sarfiga sezilarli ta’sir etuvchi yettita asosiy texnologik ko‘rsatkich aniqlangan.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Asqarbek I. Qarshibayev, & Zavqiyor I. Jumayev. (2026). Konchilik korxonalarida rudani yanchish jarayonining solishtirma elektr energiya sarfiga ta’sir etuvchi texnologik omillarni omilli tahlil asosida baholash . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3(1), 65–72. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/449
Ko'rishlar soni: 3