Kontakt tarmog‘i konsollarining burchak siljishini avtomatik nazorat qilish: elektromagnit o‘zgartirgichlar asosida temir yo‘l tortish elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: elektrlashtirilgan temir yo‘llarda tortish elektr ta’minotining uzluksizligi kontakt tarmog‘i elementlarining texnik holatiga bevosita bog‘liq. Tayanch konsolning burchak holati me’yordan chetlanganda kontakt simi bilan tok qabul qilgichning o‘zaro ta’sir sharoiti yomonlashadi, elementlarning shikastlanishi va elektr ta’minotining rejadan tashqari uzilishi xavfi ortadi. Davriy ko‘riklar oralig‘ida bunday o‘zgarishlarning nazoratsiz qolishi konsolning burchak siljishini avtomatik nazorat qiluvchi birlamchi o‘zgartirgichlarni ishlab chiqish zaruratini belgilaydi.


Maqsad: kontakt tarmog‘i konsollarining burchak siljishini avtomatik nazorat qilish uchun elektromagnit o‘zgartirgichlarni ishlab chiqish, ularning texnik va metrologik ko‘rsatkichlarini mavjud o‘zgartirgich bilan qiyosiy tadqiq etish hamda amaldagi kontakt tarmog‘i uchastkasida qo‘llashning hisobiy iqtisodiy samarasini baholash.


Usullari: elektromagnit induksiya va o‘zaro induktiv bog‘lanish nazariyasi, statik o‘zgartirish tavsiflarini eksperimental aniqlash va qiyosiy tahlil qilish, metrologik ko‘rsatkichlarni (sezgirlik, keltirilgan xatolik, nochiziqlilik) baholash hamda ekspluatatsion xarajatlar asosida iqtisodiy samarani hisoblash usullari qo‘llanildi.


Natijalar: taklif etilgan EM-1 va EM-2 o‘zgartirgichlarining sezgirligi 0,020 V/gradusni tashkil etib, mavjud o‘zgartirgichnikidan (0,005 V/gradus) 4 baravar yuqori. O‘lchash xatoligi 2,0% dan mos ravishda 1,5% va 1,0% gacha kamaydi. EM-2 da 0–90° o‘lchash diapazoni saqlangan holda statik tavsifning nochiziqliligi 2,5% dan 0,1% gacha, massa esa 1,2 kg dan 0,6 kg gacha kamaytirildi. O‘zgartirgich amaldagi kontakt tarmog‘i uchastkasida joriy etildi; qabul qilingan ekspluatatsion ma’lumotlar bo‘yicha joriy etishning birinchi yili uchun hisobiy iqtisodiy samara 107 548 000 so‘mni tashkil etdi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Sulton F. Amirov, & Javhar S. Fayzullayev. (2026). Kontakt tarmog‘i konsollarining burchak siljishini avtomatik nazorat qilish: elektromagnit o‘zgartirgichlar asosida temir yo‘l tortish elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3(1), 16–28. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/444
Ko'rishlar soni: 5