Elektr energetika tizimi bilan parallel ishlovchi quyosh fotoelektr stansiyasi elementlarining tarkibini optimallashtirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Hozirgi inson faoliyatining barcha sohalarida elektr iste’molining yuqori suratlarda oshib borishi, uglevodorod yoqilgʻisi zahirasining cheklanganligi, shuningdek, energetikaning ekologik muammolarini dolzarbligi sharoiti qayta tiklanuvchan energiya resurslari, birinchi navbatda, quyosh energiyasida ishlovchi elektr stansiyalarini qurish va ishlatishni yanada samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etishni talab etadi. Hozirgi davrda bunday stansiyalar asosidagi tizimlarni loyihalashda ularni tashkil etuvchi elementlarnung optimal tarkibini aniqlash boʻyicha bir qator ishlanmalar mavjud boʻlsada ularni takomillashtirish masalasi ochiqligicha qolmoqda. Mavjud usullar asosan optimallashtirishning solishtiruvchi modellaridan fodalanishni nazarda tutganligi sababli hisil boʻluvchi natijalarning taxminiyligi, cheklovchi faktorlarni aniq hisobga olishning mumkin emasligi bilan bogʻliq holda erishiluvchi samaradorlikni maksimal darajada boʻlishini ta’minlay olmaydi. Shu sababli bunday kamchiliklardan holi oʻlgan optimallashtiruvchi model va algoritmlarni ishlab chiqish masalasi dolzarligichi qolmoqda.


Maqsad: Elektr energetika tizimi bilan parallel ishlovchi quyosh fotoelektr stansiyasi asosidagi tizimlarni loyihalashtirishda asosiy jihozlarning optimal tarkibini tanlash masalasining matematik modeli va uni yechish algoritmini takomillashtirish.


Usullari: optimallashtiruvchi model, xalqaro tajriba va talabni boshqarishning qiyosiy tahlil usullaridan foydalaniladi.


Natijalar: Ushbu ishda elektr energetika tizimi bilan parallel ishlovchi quyosh fotoelektr stansiyasi asosidagi tizim jihozlari tarkibini optimallashtirish masalasining takomillashgan matematik modeli va uni yechish algoritmi keltirilgan.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Tulkin Sh. Gayibov, & Tajiddin U. Toshev. (2026). Elektr energetika tizimi bilan parallel ishlovchi quyosh fotoelektr stansiyasi elementlarining tarkibini optimallashtirish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3(1), 8–15. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/443
Ko'rishlar soni: 7

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari