Sinxron turbogenerator elektr parametrlari asosida texnik holatini intellektual diagnostika qilish usulini ishlab chiqish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: sinxron turbogeneratorlar elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi asosiy elektrotexnologik qurilmalardan biri bo‘lib, ularning barqaror, ishonchli ishlashi elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kabs etadi. Turbogenerator ish rejimida aktiv quvvat , reaktiv quvvat , chiqish klenmalaridagi kuchlanishi , qo‘zg‘atish toki  va rotor burchak tezligi og‘ishi  kabi elektr hamda elektromexanik parametrlarning me’yoriy qiymatlardan o‘zgarishi turbogeneratorning dinamik barqarorligi, kuchlanish rejimi hamda qo‘zg‘atish tizimining ishlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu elektr parametrlarning o‘zaro bog‘langan holda o‘zgarishi nosozlik holatlarini faqat bitta parametr asosida baholashni murakkablashtiradi. Shu sababli o‘lchangan parametrlar bilan bir qatorda hisobiy diagnostik ko‘rsatkichlardan foydalanish, ularning og‘ishlarini kompleks baholash hamda turbogeneratorning joriy holatini intellektual usulda aniqlash dolzarb ilmiy-texnik muammo hisoblanadi.


Maqsad: sinxron turbogeneratorning asosiy elektr hamda elektromexanik parametrlaridagi buzulishlarni kompleks holda baholash, o‘lchangan va hisobiy parametrlar orasidagi diagnostik qoldiq signallarni shakllantirish va ular asosida turbogenerator ish holatini normal, buzulish va xavfli holatlar bo‘yicha aniqlash imkonini beruvchi intellektual diagnostika usulini ishlab chiqish.


Usullari: Ushbu maqolada sinxron turbogeneratorning texnik holatini elektr parametrlar asosida baholash hamda ulardagi buzilishlarni aniqlash maqsadida noaniq mantiq va sun’iy intellektga asoslangan intellektual diagnostika usuli keltirilgan.


Natijalar: tadqiqot natijalari “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ da ishlab turgan 110 MVatt quvvatli sinxron turbogeneratorning elektr parametrlari asosida olingan va tarmoq bilan yuzaga keladigan buzulishlar asosida olingan. Taklif etilgan usulda , va  parametrlarining o‘zgarishi asosida va  hisobiy kattaliklari shakllantirilib, ularning real o‘lchangan qiymatlar bilan solishtirilishi hisobiga qo‘zg‘atish tizimi va elektromexanik rejimdagi nomuvofiqliklarni qo‘shimcha diagnostik belgi sifatida aniqlash imkoniyati yaratildi. Parametrlarning normallashtirilgan buzulishlari va qoldiq signallari asosida turbogenerator holatini normal, buzulish va xavfli rejimlarga ajratish algoritmi shakllantirildi. Natijada turbogeneratorning elektr parametrlaridagi buzilishlarni kompleks baholash, xavfli holatlarni erta aniqlash va keyingi adaptiv boshqaruv tizimi uchun diagnostik axborot shakllantirish imkoniyati ta’minlandi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Boburjon Sh. Narzullayev, & Javohir S. Boboqulov. (2026). Sinxron turbogenerator elektr parametrlari asosida texnik holatini intellektual diagnostika qilish usulini ishlab chiqish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 262–270. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/437
Ko'rishlar soni: 6