Taqsimlangan generatsiya tizimlari uchun moslashuvchan boshqaruv algoritmli aqlli kontaktsiz kommutatsiya qurilmasi
Referat
Dolzarbligi: so‘nggi yillarda O'zbekiston Respublikasining zamonaviy energetikani rivojlantirish strategiyasi foto elektr stansiyalarini keng ko'lamda joylashtirishni nazarda tutadi. Biroq, inverterlarining ishlash xususiyatlari, xususan, o'zgaruvchan bulut qoplami tufayli yuzaga keladigan yuqori chastotali shovqinlar va kuchlanish to'lqinlari bilan bog'liqligi an'anaviy kommutatsiya uskunalarining ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday sharoitlarda, belgilangan qayta tiklash nisbatiga ega standart relelar o'z-o'zidan tebranishga (kontakt chaqnashiga) moyil bo'lib, yarimo'tkazgichlarning qizib ketishiga va yuklamaning ishlamay qolishiga olib keladi. Shuning uchun kirish kuchlanish sifatiga moslasha oladigan "aqlli" qurilmalarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.
Maqsad: qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) asosidagi elektr ta’minoti tizimlarining ishonchliligini oshirish masalasi ko‘rib chiqish. Mikroprotsessor (ESP32) yordamida boshqariladigan simistorli kalitlardan foydalanuvchi kontaktsiz kommutatsiya qurilmasining (KKQ) yangi konfiguratsiyasini taklif etish.
Usullari: qurilma prototipi uchun zamonaviy komponentlar bazasi tanlab olindi; u quvvatli yarim o‘tkazgichli kalitlarni Xtensa® Dual-Core arxitekturasiga (ESP32) asoslangan mikroprotsessor yadrosi bilan uyg‘unlashtiradi.
Natijalar: qurilma boshqaruv tizimining javob berish vaqtini ko‘pi bilan 10–20 ms (tarmoq chastotasi davrining bir davri) miqdorida bo‘lishini ta’minlaydi. Tahlil asosida foydalanish bo'yicha tegishli takliflar kiritiladi.
