“Uchlik spiral” konsepsiyasi modelining energetika rivojlanishidagi jihatlari
Referat
Dolzarbligi: ishda «uchlik spiral» konsepsiyasi asosida yaratilgan modelni joriy etish orqali energetika tarmog‘ini innovatsion rivojlantirish jihatlari tahlil qilingan. Uchta ishtirokchi subyekt — universitetlar, energetika biznesi va davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikda «uchlik spiral»ning vazifalari belgilab berilgan va istiqbollari ko‘rsatib o‘tilgan. Iqtisodiyotning eng ilmiy va yuqori texnologik tarmoqlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi energetikasini innovatsion rivojlantirish uchun «uchlik spiral» modeli ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlari, jumladan, barqaror innovatsion rivojlanish, o‘sish hamda «uchlik spiral» modelida universitetlarning rolini oshirish jihatlari ko‘rib chiqilgan.
Maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi energetika tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning zamonaviy vositasi sifatida universitet – energetika biznesi – davlat triadasining innovatsion hamkorligi bo‘lgan «uchlik spiral» modeli rolini tahlil qilish.
Metodlar: “Uchlik spiral” konsepsiyasining nazariy qoidalari, tizimlar nazariyasi va tarkibiy tahlil usullari, shuningdek, “uchlik spiral” (US) modelini joriy etish bo‘yicha xorijiy tajribadan foydalanildi.
Natijalar: konsepsiya tahlil qilindi hamda energetikani, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi energetika tarmog‘ini barqaror rivojlantirish uchun «uchlik spiral» modelidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
