Elektromobillarda quvvat topologiyalari va kuchlanish arxitekturalari tahlili
Referat
Dolzarbligi: yurtimizda va dunyoda Elektromobillar (EV) sonining ortib borishi ushbu sohada foydalanilayotgan quvvat topologiyalari va kuchlanish arxitekturalarini o‘rganishni talab etadi. Haydovchilar yoki elektromobillar egalariga qulaylikni ta’minlash maqsadida energiya samaradorligi va quvvatlash tezligini oshirish turli kuchlanish platformalarini qoʻllashni talab etmoqda. Biroq, har bir kuchlanish darajasining texnik va iqtisodiy chegaralarini aniq belgilash hamda ularning optimal qoʻllanilish sohalarini asoslash muhim masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Ushbu ilmiy maqolada aynan hozirda keng qo‘llanilayotgan tizim arxitekturalari tahlil qilingan.
Maqsad: ushbu tadqiqotning maqsadi elektromobillarda foydalaniladigan kuchlanish turlarini qiyosiy tahlil qilish, hozirda energiya tizimlarida qoʻllanilayotgan tok va kuchlanish turlarini oʻrganish, 400V va 800V kuchlanishli arxitekturalarning koʻrsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish hamda turli segmentdagi elektromobillar uchun keng tarqalgan optimal kuchlanish platformasining mezonlarini aniqlashdan iborat.
Usullar: tadqiqot natijalarini olish uchun elektr yurtimali avtotransport vositalari sohasidagi 2021-2026 yillardagi adabiyotlarni Bul operatorlaridan foydalangan holda aniqlash, tanlab olingan maqolalarni tahlil qilish, solishtirish va oʻrganish.
Natijalar: elektromobillarda akkumulyator batareyasi turidan qat’iy nazar undagi jihozlar va yordamchi qurilmalar, haydovchilar uchun qulaylik yaratish kabi xususiyatlardan kelib chiqib turli o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok, yuqori kuchlanish turlari iste’molchilariga ega bo‘lgan murakkab energetik tizim sifatida qarash mumkin.
