Metallurgiya korxonalarida ISO 50001 standarti asosida energetika menejmenti tizimini funksional modellashtirish va samaradorligini baholash metodikasini takomillashtirish
Referat
Dolzarbligi: bugungi kunda metallurgiya korxonalarida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya iste’molini boshqarish va energiya samaradorligini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori energiya sig‘imi hamda energetik jarayonlarning murakkabligi energiya menejmenti tizimini aniq va tizimli tashkil etishni talab etadi. Shu bois, ISO 50001 standarti talablari asosida energetika menejmenti jarayonlarini funksional modellashtirish, ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va samaradorligini baholash alohida ahamiyat egadir. Mazkur maqolada metallurgiya korxonalarida energetika menejmenti jarayonlarini IDEF0 metodologiyasi asosida funksional modellashtirish hamda EnPI va KPI ko‘rsatkichlari orqali tizim samaradorligini bosqichma-bosqich baholash metodikasi taklif etilgan.
Maqsad: metallurgiya korxonalarida energetika menejmenti jarayonlarining funksional bog‘lanishlarini aniqlash va EnPI hamda KPI ko‘rsatkichlari asosida ularning samaradorligini baholash metodikasini takomillashtirish.
Usullari: tadqiqotda IDEF0 va BPMN funksional modellashtirish, tizimli tahlil baholash usullaridan foydalanilgan.
Natijalar: energetika menejmenti jarayonlarining funksional modeli shakllantirildi hamda EnPI va KPI ko‘rsatkichlarini ketma-ket baholash metodikasi taklif etildi. Ushbu yondashuv energetik natijadorlik bilan boshqaruv jarayonlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash va tizim faoliyatini kompleks baholash imkonini beradi.
