0,4–6–10 kV elektr taqsimlash tarmoqlarida energiya balansini ta‘minlovchi ko‘p bosqichli topologiyaning matematik modeli

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: mazkur maqolada ENERNET konsepsiyasiga asoslangan ko‘p bosqichli, ko‘pburchakli topologiyaga ega taqsimlangan elektr tarmoqlarida elektr energiyasi balansini ta’minlashning nazariy asoslari tadqiq etildi. Mavjud 0,4–6–10 kV shahar elektr taqsimlash tarmoqlarining texnik va ekspluatatsion kamchiliklari tahlil qilinib, energiya oqimlarini boshqarish hamda elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirishga qaratilgan yangi topologik yechim taklif etildi. Tadqiqotda tugun kuchlanishlari usuliga asoslangan matematik model ishlab chiqildi va tugunlarning xususiy hamda o‘zaro o‘tkazuvchanliklari matritsasi orqali elektr tarmog‘ining o‘rnatilgan ish rejimlari nazariy jihatdan tahlil qilindi. Taklif etilgan model energiya saqlash qurilmalarini elektr yuklama tugunlariga integratsiyalash orqali ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi o‘rtasidagi muvozanatni real vaqt rejimida ta’minlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, taklif etilgan topologiya elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish, elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, taqsimlangan generatsiya manbalaridan samarali foydalanish hamda Smart Grid va ENERNET raqamli energetika tizimlarini rivojlantirish uchun samarali ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.


Maqsad: topologiyaga ega elektr tarmog‘ida elektr energiyasi balansini ta’minlash shartlarini aniqlashdan iborat.


Usullar: taqsimlash tarmog‘ini boshqarish tarmoq topologiyasini o‘zgartirish hamda transformatorlarning elektr yuklama ostida kuchlanishni rostlash.


Natijalar: ishlab chiqarish va iste’mol hajmlari o‘rtasidagi nomutanosiblik tufayli yuzaga keladigan energiya yo‘qotishlarini kamaytiradi, qo‘shimcha energiya saqlash liniyalari hisobiga elektr qabul qilgichlarning elektr ta’minoti ishonchliligini oshiriladi, elektr yuklama grafigining bazaviy va maksimal (pik) qismlaridagi energiya tannarxi farqini kamaytirish orqali elektr energiyasi xarajatlarini pasaytiradi, elektr energetika uskunalarining xizmat qilish muddatini uzaytiradi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Xurshid A. Sattarov. (2026). 0,4–6–10 kV elektr taqsimlash tarmoqlarida energiya balansini ta‘minlovchi ko‘p bosqichli topologiyaning matematik modeli. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 132–146. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/419
Ko'rishlar soni: 6