Piroliz jarayonida olinadigan yoqilgʻilarga ta’sir qiluvchi omillar tahlili

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: hozirgi davrda atrof-muhitga sanoat va maishiy chiqindilar oqimi orqali yetkazilayotgan ekologik zararlar miqyosi tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, yer yuzidagi an’anaviy tabiiy yoqilg‘i resurslarining zaxiralari yildan-yilga kamayib, energiya xavfsizligini ta’minlash masalasi dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Mazkur muammolarga samarali yechim topish maqsadida olimlar tomonidan muqobil va ekologik jihatdan maqbul texnologiyalar ishlab chiqilmoqda. Ana shunday istiqbolli yechimlardan biri sifatida piroliz texnologiyasini ko‘rsatish mumkin. Piroliz texnologiyasini samarali hamda har bir chiqindi turi uchun optimal bo‘lgan modellarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish natijasida zararli chiqindilar oqimini foydali mahsulotlarga aylantirish, shuningdek energiya qiymati jihatidan tabiiy yoqilg‘ilar bilan raqobatlasha oladigan piroyoqilg‘ilar ishlab chiqarish orqali ekologik barqarorlik va energiya xavfsizligini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.


Maqsad: piroliz jarayonida biomassa xom-ashyosiga turli harorat rejimlarining ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlar ulushi hamda ularning amaliy qo‘llanish sohalari batafsil tahlil qilindi.


Usullar: piroliz jarayoni orqali olinadigan piro yoqilgʻilarni samarali olishda foydalanilgan usullarni tahlil qilindi va oʻrganildi.


Natijalar: dunyo va respublikamiz olimlari tomonidan piroliz jarayonlari bo‘yicha olib borilgan tajriba tadqiqotlari tahlil qilinib, ularda qo‘llanilgan usullar hamda olingan natijalarga asoslangan nazariy bilimlar bayon etildi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Gʻulom N. Uzoqov, & Dilshod T. Rakhmatov. (2026). Piroliz jarayonida olinadigan yoqilgʻilarga ta’sir qiluvchi omillar tahlili. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 87–94. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/414
Ko'rishlar soni: 5