Quyosh panellarini changli iflosliklardan tozalash uchun avtomatlashtirilgan qurilma

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: global iqlim o'zgarishi sharoitida qayta tiklanadigan energiya manbalari juda katta rol o'ynaydi, xususan-bu quyosh energiyasiga tegishli. Shu sababli so’ngi yillarda turli xil quvvatdagi yangi fotoelektrik stansiyalar (FES) qurilmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, 2030 yilga kelib O’zbekistonda elektr energiyasini (EE) ishlab chiqarish 120,8 mlrd kVt·soat yetadi, bunda FESlarning ulushi 9,9 mlrd kVt·soat (8,2 %) ni tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, FES larning quyosh panellari samaradorligini kamaytiradigan (QP) optik yuza (OY) changlanishi muhim muammo hisoblanadi. OYdagi changli iflosliklar panellarning FIKni 50 % gacha tushirib, shu orqali EE ishlab chiqarishni qisqartirishi mumkin. Shu tufayli, avtomatlashtirilgan tozalovchi qurilmalarni ishlab chiqish bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish dolzarb hisoblanadi.


 Maqsad: quyosh panelining optik yuzasini changli iflosliklardan tozalovchi avtomatlashgan energiya samarador qurilmani ishlab chiqish va texnik parametrlarini tahlil qilish.


Usullari: quyosh panelini tozalovchi turli xil qurilmalarning qiyosiy tahlil qilish usulidan foydalaniladi.


Natijalar: Turli xil qurilmalarni qiyoslash asosida bitta tozalash siklini 24 sekundda amalga oshirishga imkon beruvchi quyosh panellarini changli iflosliklardan tozalovchi energiya samarador va avtomatlashtirilgan qurilma ishlab chiqildi.   

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Timur B. Sodiqov. (2026). Quyosh panellarini changli iflosliklardan tozalash uchun avtomatlashtirilgan qurilma. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 183–188. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/367
Ko'rishlar soni: 3