Transport sohasida elektr xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy va texnik choralari

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: transport korxonalarida, ayniqsa yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari qo‘llaniladigan temir yo‘l transportida elektr xavfsizligini ta’minlash nihoyatda muhim vazifadir. Kuchlanishlarning ortishi, elektr texnik qurilmalar sonining ko‘payishi va doimiy yuklama xodimlar salomatligiga xavf tug‘diradi. Xavfsizlik choralari yetarlicha bo‘lmasa, elektr toki urishi, yong‘in va avariyalar yuzaga kelishi mumkin. Zamonaviy sharoitlar samarali himoya tizimlari, texnik xizmat va monitoringni talab etadi. Mazkur mavzuning dolzarbligi xavflarni kamaytirish va transport sohasida mehnat xavfsizligi madaniyatini oshirish zarurati bilan bog‘liq.


Maqsad: temir yo‘l transporti korxonalarida elektr xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha samarali choralarni o‘rganish va asoslash.


Usullari: me’yoriy hujjatlar tahlili, taqqoslash, modellashtirish, xavf bahosi va texnik yechimlarni tahlil qilish.


Natijalar: o‘rganilgan ma’lumotlar asosida yerga ulash, nolga ulash va himoya o‘chirgichlar eng samarali choralar ekanligi aniqlandi. Elektr xavfsizligi nazorati va texnik vositalarning muntazam tekshiruvi xavfning oldini oladi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Sherzod R. Abduvakhitov, & Shavkat X. Abdazimov. (2026). Transport sohasida elektr xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy va texnik choralari. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 359–364. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/319
Ko'rishlar soni: 29