Ultratovush-konvektiv quritish jarayonida issiqlik oqimini mo‘tadil taqsimlanishini ta’minlash
Referat
Dolzarbligi: quritish jarayonlarini optimallashtirish energiya tejamkorlikni ta’minlaydi. Bugungi kunda esa ushbu ko‘rsatkich muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada qizil lavlagini quritish qurilmasining haroratlari taqsimlanishi tahlil qilingan. Tahlil qilish qizil lavlagining bir qancha turlari ustida amalga oshirilgan. Quritish qurilmasida berilayotgan haroratlarning butun kamera bo‘yicha teng taqsimlanishi jarayonni mo‘tadil kechishini ta’minlaydi. Quritish jarayonida namunaning dastlabki namligi 86-89%, oxirgi namligi esa 15-17% ga yetgunga qadar amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqotlarda namuna qalinligi 7-8 mm qilib kesilgan chastotasi 20-30 kHz bo‘lgan ultratovush ta’sir ettirilgan.
Maqsad: qizil lavlagini quritish jarayoni rejimlari va parametrlarini aniqlash hamda quritish jarayonida ultratovushlardan foydalanishni tahlil qilish va asoslash.
Usullari: xalqaro tajribalarning qiyosiy tahlil usullaridan foydalaniladi.
Natijalar: qurilmaning kamerasining harorati 55 oС bo‘lganda optimal quritish rejimiga erishilganligi aniqlangan. Undan tashqari tadqiqotimizda ultratovush ta’siri ham tahlil qilingan bo‘lib, quritish jarayonida diffuziyaning tezlashuvi hamda issiqlikning taqsimlanishiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan.
