Dastlabki ma’lumotlar ehtimolli boʻlgan sharoitlarda elektr energetika tizimining qisqa muddatli holatini optimallashtirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini optimal rejalashtirish masalalarida, ehtimollik xarakteriga ega boshlangʻich kattaliklar tugun yuklamalari va tarmoq elementlarining aktiv qarshiliklari hisoblanadi. Tarmoq qarshiliklarining ehtimollik tabiati atrof-muhit harorati bilan bogʻliq. Shuning uchun, rejalashtirish davri uchun ob-havo sharoitlari prognoziga asoslanib, ular elementlarning qarshiliklariga tegishli tuzatishlar kiritish orqali hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Tugunning aktiv yuklamalarining ehtimollik tabiati koʻplab omillar bilan bogʻliq boʻlib, ular muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Tugun yuklamalarini bashorat qilishning mavjud usullari, barcha ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda, rejalashtirilgan davr uchun ularning yuklama grafiklarini aniqlay olmaydi. Natijada, bunday yuklama grafiklari yordamida olingan optimallashtirish natijalari odatda sezilarli xatolarga ega boʻlib, optimallashtirish effektini kamaytiradi. Shuning uchun, joriy ish sharoitlarini hisobga olgan holda, energiya tizimi rejimlarining qisqa muddatli holatini optimal rejalashtirish usullari va algoritmlarini takomillashtirish dolzarb masala boʻlib hisoblanadi.


Maqsad: Dastlabki ma’lumotlar ehtimolli boʻlgan sharoitlarda elektr energetika tizimining qisqa muddatli holatini optimallash algoritmini takomillashtirish.


Usullari: xalqaro tajriba va talablarni hisobga olgan holda, optimallashtirishning qiyosiy tahlil usullari va algoritmlaridan foydalaniladi.


Natijalar: Oʻzbekiston EETda dastlabki ma’lumotlar ehtimolli boʻlgan sharoitlarda qisqa muddatli holatlarni optimal rejalashtirish, taklif etilayotgan algoritmning samaradorligini sinov sxemalarida tekshirish.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Sherxon Sh. Latipov. (2026). Dastlabki ma’lumotlar ehtimolli boʻlgan sharoitlarda elektr energetika tizimining qisqa muddatli holatini optimallashtirish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 268–275. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/307
Ko'rishlar soni: 17