Yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida tojlanish yo‘qotishlarining o‘rnini baholash
Referat
Dolzarbligi: so‘nggi yillarda yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalaridagi umumiy quvvat isroflarining miqdori keskin ortib borishi natijasida tarmoqlarning ish rejimlarida bir qator buzilishlar kelib chiqmoqda. Shuningdek, tojlanish hodisasining umumiy quvvat isroflaridagi o‘rni birmuncha yuqori ekanligi sababli ularni kamaytirish va optimal rejimlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Tojlanish hodisasi izolyatsiya tizimining ishonchliligini pasaytiradi, izolyatsiya materialining degradatsiyalanishiga olib keladi va dielektrik teshilish natijasida butun tizimning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Ushbu tadqiqotning ahamiyati shundaki, yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida tojlanish jarayoniga xos parametrlarning elektr quvvat yo‘qotishlariga salbiy ta’siri mavjud bo‘lib, bu holat ularni chuqur tahlil qilish va kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Maqsad: yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida tojlanish hodisasi orqali hosil bo‘ladigan umumiy quvvat isroflarining tizimli tahlilini olib borish va optimallashtirish.
Usullari: dasturiy ta’minot hamda matematik modellashtirish va algoritmlashtirishning qiyosiy tahlil usullaridan foydalaniladi.
Natijalar: ko‘rinadigan tojlanish boshlanishi kuchlanishini hosil qilish, bu elektr uzatish liniyalarida tojlanishning ko‘zga ko‘rinadigan belgilarini paydo bo‘ladigan kuchlanish darajasigacha miqdorda bo‘lib, u tizimning izolyatsiya sifati va maydon bir xilligi haqida muhim axborot beradi. Elektr uzatish tizimlarida izolyatsiya ishonchliligi va energiya samaradorligini baholashda yuqoridagi bog‘liqliklar muhim hisoblanadi.
