Magistral suv kanallari bilan integrallashgan tur-li xil fotoelektrik modullar parametrlari tadqiqi
Referat
Dolzarbligi: fotoelektrik modullarning quyosh energiyasini elektr energiyaga o’zgartirilishida ularning samaradorligi issiq iqlim sharoitlarida ishchi yuzasi haroratiga sezilarli bog‘liq bo‘lib, 80–95°C gacha qizishi foydali ish koeffitsiyentini 30–35% gacha pasaytiradi. Ilmiy ishlanmalarda fotoelektrik modullarni suv, antifriz, propilenglikol yoki havo orqali sovitish, termosifonli yoki mikro-chuqur kanalli issiqlik almashtirgichlar asosida haroratni barqarorlashtirish usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, bunday yechimlar ularning tannarxini oshiradi. Quruqlikda o‘rnatiladigan fotoelektrik stansiyalar loyihalarida ham yer maydonini ijaraga olish katta mablag’ talab etadi. Issiq iqlim mintaqalarida quruqlik yer maydoniga nisbatan arzon bo‘lgan mavjud suv yuzalari va suv oqimining bug‘lanishli sovitish jarayonidan samarali foydalanish dolzarb ahamiyatga ega
Maqsad: Oqsuv-Yakkabog‘ magistral suv kanali ustida va quruqlikda ustidan joylashgan har xil turdagi fotoelektrik modullarning elektrofizik va issiqlik parametrlari qiymatlarini aniqlash va tadqiq etish.
Usullar: turli xil turdagi fotoelektrik modullarning elektrofizik parametrarini aniqlash uchun quyidagi usullar qo‘llanilgan: fotoelektrik modullarning ishchi parametrlari va tok-kүchlanish (volt-amper), kuchlanish-quvvat (volt-vatt) xarakteristikalarini aniqlash usullari, fotoelektrik modullari optik yuzalari issiq nuqtalari infraqizil tasvirlar, termografik tahlil usuli, ko‘p sonli ekperimentlarni qayta ishlash usullari.
Natijalar: Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, fotoelektrik modullarni suv yuzasi ustida joylashtirish ularning ishchi haroratini tabiiy sovutish hisobiga pasaytiradi, bu esa haroratga bog‘liq quvvat yo‘qotishlarini kamaytiradi va ish samaradorligini oshiradi. Aniqlanishicha, kanal ustida o‘rnatilgan monokristalli va polikristalli modullarning chiqish quvvati quruq yerda joylashtirilgan shunga o‘xshash modullarga nisbatan o‘rtacha 5–6 % ga yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga, ikki tomonlama (bifacial) modullar yerda suv yuzasiga nisbatan gruntning yuqori albedosi tufayli ko‘proq energiya hosil qiladi. Olingan natijalar fotoelektr tizimlarni suv kanallari bilan integratsiya qilishning istiqbolli yo‘nalish ekanligini tasdiqlaydi va shunday turdagi qurilmalarni loyihalash hamda mintaqaning energetika tizimiga keng joriy etishda qo‘llanilishi mumkin.
