Yirik quvvatli quyosh elektr stansiyalarida markaziy invertorlar samaradorligini oshirish uchun real vaqt rejimidagi monitoring va diagnostika masalalari

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: quyosh elektr stansiyalaridan yirik miqdorda foydalanish, yirik quyosh elektr stansiyalarida markaziy invertorlarning samaradorligi va ishonchliligini oshirishni dolzarb nuqtaga ko‘tardi. Chunki markaziy invertorlar butun tizimning eng muhim va eng ko‘p nosozlikka uchraydigan bo‘g‘ini hisoblanib, invertorlarda yuzaga keladigan nosozliklar o‘rtacha 20–25 % gacha uzilishlarga olib kelib, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmida 1,5–2,5 % yo‘qotishlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun real vaqt monitoringi va diagnostika usullaridan foydalanish orqali invertor samaradorligini oshirish, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxini pasaytirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.


Maqsad: markaziy invertorlarning samaradorligini oshirish, ishonchliligini ta’minlash va qo‘shimcha energiya ishlab chiqarishni kafolatlash maqsadida real vaqt monitoringi va diagnostika (RTM&D) tizimlarini ishlab chiqish hamda ularni yirik quyosh elektr stansiyalarida amalda sinovdan o‘tkazishdan iborat.


Usullar: tadqiqot jarayonida elektr parametrlarni ( ), issiqlik rejimlarini va nosozlik signallarini real vaqt rejimida kuzatuvchi sensorli tizimlar hamda SCADA asosidagi ma’lumotlarni yig‘ish texnologiyalari qo‘llanildi. Invertor samaradorligi quyidagi formula asosida hisoblandi: . Diagnostika algoritmlarida sun’iy intellektning qo‘llab-quvvatlovchi vektor mashinalari (SVM) klassifikatori hamda o‘zgaruvchan tok o‘tkazgichlaridagi issiqlik va o‘tkazuvchanlik yo‘qotishlarini hisoblash modellaridan foydalanildi.


Natijalar: tadqiqot natijalariga ko‘ra, monitoring tizimi joriy etilgan markaziy invertorlarda samaradorlik 94,2 % dan 96,8 % gacha oshdi, oylik nosozlik vaqtining davomiyligi 18 % ga kamaydi, o‘rtacha ta’mirlash vaqti esa 24 % ga qisqardi. Bundan tashqari, qo‘shimcha energiya ishlab chiqarish hisobiga yiliga yuzlab MWh elektr energiyasi tejash imkoniyati yaratildi. Taklif etilgan yondashuvning ustunligi shundaki, u real vaqt rejimida ishlashga, aniqlikni oshirishga va profilaktik texnik xizmatni samarali tashkil etishga imkon beradi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Ikromjon U. Raxmonov, Jian Wang, Numon N. Niyozov, & Nurbek N. Kurbonov. (2026). Yirik quvvatli quyosh elektr stansiyalarida markaziy invertorlar samaradorligini oshirish uchun real vaqt rejimidagi monitoring va diagnostika masalalari. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 9–15. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/274
Ko'rishlar soni: 70

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari