Bino fasadi uchun mo‘ljallangan fotoelektrik qurilmaning ish parametrlarini eksperimental tadqiq etish
Referat
Dolzarbligi: Qayta tiklanadigan energiya turlariga asoslangan elektr stantsiyalari uglevodorod chiqindilarini kamaytirishga, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda dunyoning ko'plab mamlakatlarida, shu jumladan O'zbekiston Respublikasida fotoelektrik va shamol energetikasi stansiyalarining quvvati ortib bormoqda. Ayniqsa, O'zbekistonning geografik sharoitida quyosh enegiyasining katta salohiyati tufayli quyosh energetikasi texnologiyalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Uylar va binolarni samarali va barqaror energiya bilan ta'minlash uchun tabiiy sharoitda turli omillarga qarab fotoelektrik qurilmalarning parametrlarini o'rganish binolarga integratsiya va moslashtirish uchun maqbul yechimlarni topishga imkon beradi. Energiya ta'minoti uchun fotoelektrik texnologiyalarni joriy etish energiya va issiqlik ta'minotini yaxshilashga va turar-joy va noturar-joy binolarning energiya samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Maqsad: fotoelektrik qurilmalarning energetik parametrlarining atrof-muhit omillariga va tabiiy muhit sharoitida kadmiy telluridga asoslangan eksperimental fasad fotoelektrik qurilmasining ufqiga qiyalik burchagiga qarab o'zgarishini tahlil qilish.
Usullari: asosiy parametrlarni o'lchash orqali fotoelektrik qurilmaning ishlashini o'rganishning eksperimental usuli.
Natijalar: kadmiy telluridning yupqa plyonkali fotoelektrik paneli asosida eksperimental fasad fotoelektrik qurilmasi yaratildi. Ko‘p sonli tajribalar o'tkazildi va ufqqa qiyalik burchagi va atrof-muhit omillariga qarab yupqa plyonkali texnologiya asosida fotoelektrik qurilma parametrlarining o'zgarishi natijalari olindi. Fotoelektrik panellarning ufqqa 33 va 60 daraja qiyalik burchaklarida vertikal holatdagiga nisbatan panelning quvvati va harorati oshadi. Ushbu qurilma panellarning tabiiy sharoitda ishlashini o'rganish va yaxshilash bo'yicha keyingi tadqiqotlar uchun xizmat qiladi.
