Kontaktsiz qurilmalardan foydalangan holda elektr ta'minoti tizimlarining elektr energiyasi sifatini taminlash

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: so'nggi yillarda O'zbekistonda energetikaga zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarini keng avtomatlashtirish, sanoatda avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etish munosabati bilan elektr jihozlarining ishonchliligi, tezligi va chidamliligiga qo'yiladigan talablar sezilarli darajada oshdi va shu bilan birga ish paytida uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish minimallashtirilishi kerak. Kontaktsiz elektr jihozlari asosan ushbu talablarga javob beradi. O'zgaruvchan tok zanjirlarining elektr jihozlari elementlari sifatida ishonchli va tejamkor ishga tushirish va kommutatsiyalash moslamalarini yaratish muammosi elektr uskunalarning uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun katta ahamiyatga ega. Yarimo'tkazgichli kontaktsiz kommutatsiya moslamalarini turli sohalarda, qiyin iqlim sharoitida elektr ta'minoti tizimlarini avtomatik boshqarish sohasida qo'llash dolzarblidir.


Maqsad: yuqori ishonchliligi va tezligi bilan ajralib turadigan, sezgir tizim va kuchli ijro etuvchi organni birlashtirgan yarimo'tkazgichli kontaktsiz tiristor kuchlanish relesi yordamida elektr ta'minoti tizimlarining sifati va ishonchliligini avtomatik boshqarish uchun kontaktsiz kommutatsiya moslamasini ishlab chiqish va tadqiq qilish.


Usullari: taklif etilayotgan qurilmaning sxemasi ishlash prinsipi va eksprimintal tavsiflari asosida keltirilgan qurilmadan elektr energiyasi istemolchilarida nominal kuchlanishni ushlab turish uchun kirish kuchlanishi o'zgarganda volt  qo'shuvchi transformator chulg’amini avtomatik ravishda qo'shish yoki ajratish, shuningdek, reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi kondensator batareyalarini  yoqish yoki o'chirishda reaktiv quvvat energiyasini avtomatik rostlovchi qurilma sifatida foydalanish asoslandi.


Natijalar: ushbu o'rganilgan sxemalardan foydalanib, ular asosida elektr energiyasi istemolchilarida nominal kuchlanishni ushlab turish uchun kirish kuchlanishi o'zgarganda volt  qo'shuvchi transformator chulg’amini avtomatik ravishda qo'shish yoki ajratish, shuningdek, reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi kondensator batareyalarini  yoqish yoki o'chirishda reaktiv quvvat energiyasini avtomatik rostlovchi qurilma sifatida foydalanish taklif etildi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Erkin X. Abduraimov. (2026). Kontaktsiz qurilmalardan foydalangan holda elektr ta’minoti tizimlarining elektr energiyasi sifatini taminlash . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (3), 189–194. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/235
Ko'rishlar soni: 15