Yirik quvvatli quyosh elektr stansiyasiga ega boʻlgan energetika tizimlarning barqaror ish holatlarini ta’minlash

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salmog’i keskin oshib bormoqda, ayniqsa, quyosh elektr stansiyalarining (QES) elektr energetika tizimlariga keng miqyosda integratsiyalashuvi natijasida tizim chastotasi va kuchlanishini real vaqt rejimida boshqarilish bo‘yicha yangi muammolar yuzaga kelmoqda. Quyosh energiyasi tabiiy ravishda o‘zgaruvchan va uning qavvatini prognozlash qiyin bo‘lgani sababli, ishlab chiqarish va yuklama o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, xususan tizim chastotasini barqaror ushlab turish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Tizim chastotasi ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan quvvat o‘rtasidagi farqqa bevosita bog‘liq bo‘lib, qayta tiklanuvchi manbaalarning o‘zgaruvchanligi muvozanatni buzadi. Bunday sharoitda akkumulyatorli energiya saqlash tizimlari AB chastota rostlashda muhim rol o‘ynaydi. AB tizimlari tezkor zaryad va razryadlash xususiyatiga ega bo‘lgani sababli, ular chastotadagi og‘ishlarga real vaqt rejimida javob bera oladi hamda tizimning barqarorligini yaxshilaydi. Mazkur maqolada quyosh elektr stansiyasi bilan birga ishlovchi AB tizimining elektr energetika tizimi chastotasiga ta’siri tahlil qilinadi.


Maqsad: qayta tiklanuvchi energiya manbalarining, xususan quyosh elektr stansiyalari va akkumulyatorli energiya saqlash tizimlarining elektr energetika tizimlariga integratsiyasi natijasida yuzaga kelayotgan chastota og’ishi muammolarini aniqlash, ularning tizimga ta’sirini tahlil qilish hamda chastota barqarorligini ta’minlash uchun zamonaviy boshqaruv usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.


Usullar: tadqiqot jarayonida elektr energetika tizimlarining chastota barqarorligini tahlil qilish maqsadida, quyosh elektr stansiyalari va akkumulyatorli energiya saqlash tizimlari integratsiyasi sharoitida tizimning dinamik jarayonini modellashtirish uchun zamonaviy nazariyalar, nochiziqli matematik dasturlash usullaridan foydalanildi. Shuningdek, chastota boshqaruvi masalalarini samarali hal etish uchun mos algoritmlar ishlab chiqildi.


Natijalar: elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini tadqiq qilish asosida, 14-tugunli IEEE test sxemasi misolida tahlil qilindi. Quyosh elektr stansiyalari va AB tizimlarining tizim chastotasiga ta’sirini baholash natijalari keltirilgan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Tulkin Sh. Gayibov, & Alisher E. Shanazarov. (2026). Yirik quvvatli quyosh elektr stansiyasiga ega boʻlgan energetika tizimlarning barqaror ish holatlarini ta’minlash. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (3), 31–38. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/212
Ko'rishlar soni: 20