Energetika universitetlari uchun axborot-o‘quv tizimlarini yaratishda kognitiv tizimlar tahlilini qo‘llanilish xususiyatlari

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Sun’iy intellektga ega bo‘lgan axborot-o‘quv tizimlarining jadal rivojlanishiga qaramasdan, texnik universitetlarda ularning didaktik samaradorligini ta’minlash muammosi hanuz to‘liq hal etilmagan. Shu sababli, texnik oliy ta’lim muassasalarida axborot-o‘quv tizimlaridan foydalangan holda ta’lim jarayonining sifatini va didaktik samaradorligini oshirish usullarini tahlil qilish va takomillashtirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


Ishning maqsadi: Energetika yo‘nalishidagi universitetlar uchun kognitiv avtomatlashtirilgan o‘quv tizimlarini loyihalash va qo‘llash orqali didaktik samaradorlikni oshirish.


Metodlar: Ta’lim jarayonining noaniqligi va nosimmetrikligi sababli, tadqiqotda kognitiv-tizimli, strukturaviy, ekspert, retrospektiv, faktoriyal, statistik, korrelyatsion, situatsion tahlil, PEST va SWOT tahlil uslublari qo‘llanilgan.


Natijalar: Mazkur maqolada axborot-o‘quv tizimlarining ishlash algoritmiga kognitiv tizim tahlilining teskari aloqa elementlarini qo‘shish orqali ularning didaktik samaradorligini oshirish usuli taklif qilingan. O‘quv vositalarining teskari aloqasi o‘quvchining yangi kognitiv sifatlarini va har xil murakkablikdagi virtual elektron qurilmalarning modellarini o‘z ichiga oladi; ular o‘quvchi tomonidan mustaqil loyihalash uchun taklif etiladi. O‘quv jarayonida yangi kognitiv sifatlarni rivojlantirish uchun shaxsiy xususiyatlarning har bir bosqichdagi nazorat sinovlari natijalariga asoslanib, A.V. Krutikov metodikasi asosida o‘quvchi super-egoning ta’siri bilan yuzaga kelgan irratsional salbiy qarashlarni bartaraf qilish bo‘yicha psixokorreksion mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Bunday salbiy qarashlar jamiyat ta’siriga bo‘lgan salbiy javob shakllarining yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, inson ongida mavjud bo‘lgan salbiy fikrlar ijodiy faoliyatga bo‘lgan kognitiv qobiliyatlarni sezilarli darajada pasaytiradi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Nikolay N. Tsibov, Jaloliddin T. Galbaev, Buboaisha B. Bekjanova, Asqarbek K. Qarmışaqov, & Anvar G. Saidxodjayev. (2026). Energetika universitetlari uchun axborot-o‘quv tizimlarini yaratishda kognitiv tizimlar tahlilini qo‘llanilish xususiyatlari. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (3), 10–21. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/210
Ko'rishlar soni: 25