Energetik oʻzgarish sharoitida elektr energetikasini rivojlantirish va boshqarishning innovatsion texnologiyalari
Referat
esa uning dekarbonizatsiya, desentralizatsiya va raqamlashtirish bilan bog‘liq innovatsion jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Energetik o'zgarish samaradorligi va elektr energetikasining keyingi rivojlanishiga ta’sir etuvchi turli yondashuvlar va tendensiyalar (metodologik, intellektual, setecentrik, tashkiliy va boshqalar) ning umumiy tahlilini o‘tkazish zarurati tug‘iladi. Maqolada taqsimlangan energetika tizimlarini muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarur bo‘lgan innovatsion intellektual yondashuvlar ko‘rib chiqiladi va tahlil qilinadi. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga ega bo‘lgan taqsimlangan energetikani boshqarish yondashuvlarining qisqacha sharhi keltiriladi. Taqsimlangan energetikani setecentrik boshqarishni boshqaruvning geterarxik konsepsiyasi bilan birgalikda tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi sharoitlari uchun energetik o'zgarish samaradorligini oshirish va elektr energetikasini keyingi rivojlantirish yondashuvlari taklif etiladi.
Maqsad: taqsimlangan, desentralizatsiya qilingan elektr-energetika tizimlarini boshqarishga ta’sir etuvchi tendensiyalarni aniqlash va taqsimlangan tuzilishga ega bo‘lgan elektr tizimlarini boshqarishning setecentrik modelining samaradorligini tasdiqlash.
Usullari: taqsimlangan elektr-energetika tizimlarida energetik o'zgarish jarayonlariga tendensiyalarning ta’sirini xalqaro tajriba va taqqoslama tahlil orqali, shu jumladan intellektual, setecentrik usullardan foydalangan holda o‘rganiladi.
Natijalar: energetik o'zgarish jarayonlariga va elektr energetikasida bozor munosabatlarini joriy etishga ta’sir etuvchi tendensiyalar ro‘yxati tuzilgan va tizimlashtirilgan, setecentrik usul taqsimlangan elektr tarmoqlarini boshqarish uchun eng samarali ekanligi aniqlangan, chunki setecentrik yondashuvda axborot va energiya elementlarining tuzilmalari bir xil bo‘lib, yagona energiya-axborot elementini hosil qiladi. Tahlil asosida O‘zbekistonning energetik o'zgarish jarayonining samaradorligi uchun setecentrik boshqaruv usulini qo‘llash bo‘yicha tegishli takliflar berilgan.
