Uzluksiz ishlab chiqarish korxonalarining intellektual energiya boshqaruvi usulini ishlab chiqish
Referat
Dolzarblik: Uzluksiz ishlab chiqarish korxonalari – xususan, metallurgiya, kimyo, sement va oziq-ovqat sanoati – elektr energiyasining eng yirik iste’molchilari hisoblanadi. O‘zbekiston sanoatida energiya sarfi jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan 1,8–2,2 baravar yuqori bo‘lib, bu ishlab chiqarish jarayonlarida energiya oqimlarini boshqarishning sustligi, reaktiv quvvat yo‘qotishlari va eskirgan texnologik uskunalar bilan izohlanadi. Mamlakatda “Yashil energiya strategiyasi – 2030” doirasida sanoat tarmoqlarining energiya samaradorligini oshirish, energiya intensivligini 35 % gacha kamaytirish, raqamli va intellektual boshqaruv tizimlarini joriy etish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shu sababli, uzluksiz ishlab chiqarish korxonalarida energiya sarfini optimallashtirish, SCADA va sun’iy intellekt (AI) asosida boshqaruv arxitekturasini yaratish dolzarb ilmiy va amaliy masalaga aylandi.
Maqsad: uzluksiz ishlab chiqarish korxonalari uchun kompleks energiya boshqaruvi arxitekturasini ishlab chiqish, elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash va iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirishdan iborat. Taklif etilgan tizim real vaqt rejimida energiya oqimlarini kuzatish, quvvat koeffitsientini saqlash va xarajatlarni minimallashtirish.
Usullar: Tadqiqotda ishlab chiqarish korxonalarining asosiy bo‘limlari — eritish, quyish, mexanik ishlov berish, qadoqlash va yordamchi tizimlar — bo‘yicha real ma’lumotlar asosida SCADA tizimi orqali kuzatuv va optimallashtirish amalga oshirildi. Umumiy aktiv quvvat quyidagi formula orqali hisoblandi: . Iste’mol qilingan energiya esa vaqt bo‘yicha integrallash orqali aniqlanadi: . Optimallashtirish modeli nolinchi darajadagi noxat chiziqli dasturlash asosida qurildi va quyidagicha ifodalanadi: , bunda – umumiy energiya xarajati, – i-bo‘lim energiya iste’moli, – tarif koeffitsienti.
Natijalar: Tahlillar natijasida ishlab chiqilgan energiya boshqaruv arxitekturasi yordamida umumiy energiya sarfi 3–5 % ga kamaydi, quvvat koeffitsienti 0,95–0,96 gacha yaxshilandi, va ishlab chiqarish barqarorligi oshdi. Melting va casting bo‘limlarida energiya tejalishi eng yuqori bo‘lib, mos ravishda 9,5 % va 10,7 % ni tashkil etdi. SCADA asosidagi monitoring tizimi real vaqt rejimida yuklama o‘zgarishlarini kuzatish, reaktiv quvvatni muvozanatlash va ishlab chiqarish jarayonining barqarorligini ta’minlash imkonini berdi. Ushbu yondashuv O‘zbekiston sanoat korxonalarida raqamli boshqaruvni keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish hamda barqaror ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
