Reaktiv quvvatni rostlash usullari tahlili

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Reaktiv quvvatni samarali boshqarish elektr tarmoqlarida kuchlanish barqarorligini ta’minlash,  energiya yo‘qotishlarini kamaytirish va uskunalarning umrini uzaytirish uchun muhimdir. Bugungi kunda tarmoq yuklamalarining dinamik o‘zgaruvchanligi sababli, oddiy statsionar kompensatsiya usullari yetarli emas, shu bois avtomatlashtirilgan va moslashuvchan tizimlarga ehtiyoj ortmoqda.
Maqsad: Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish va uni avtomatik boshqarishning zamonaviy, iqtisodiy va texnik samarador usullarini tahlil qilish, real vaqt rejimida optimal kompensatsiya yechimlarini ishlab chiqish.
Usullari: Ochiq va yopiq ta’sir zanjirli boshqaruv sxemalari, Vaqtga asoslangan boshqaruv, Kuchlanish, tok va reaktiv quvvat miqdoriga qarab boshqaruv, Fazaviy regulyatorlar (masalan, B2201) yordamida faza bo‘yicha monitoring, Noelektrik (harorat, bosim) sensorlar asosidagi qo‘shimcha boshqaruv tizimlari
Natijalar: Tahlil natijalariga ko‘ra, avtomatik boshqaruv tizimlari orqali tarmoq kuchlanishini normallashtirish, energiya yo‘qotishlarini sezilarli kamaytirish, ortiqcha yoki yetarli bo‘lmagan kompensatsiyani bartaraf etish va tizimning barqarorligini oshirish mumkin. B2201 kabi regulyatorlar yordamida yuklamaga mos real vaqtli kompensatsiya ta’minlanadi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Ikromjon U. Raxmonov. (2026). Reaktiv quvvatni rostlash usullari tahlili. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (2), 121–128. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/194
Ko'rishlar soni: 26

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari