Asinxron elektr motorlarni silliq ishga tushirishda kuchlanish tushuvini rostlashning va boshqarishning usullari tahlili
Referat
Dolzarbligi: Asinxron elektr motorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga tushirish jarayonida yuzaga keladigan kuchlanish tushuvi sanoat tarmoqlarida energiya samaradorligiga va uskuna ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, silliq ishga tushirish qurilmalaridan foydalanish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi.
Maqsad: Motorlarni ishga tushirish jarayonida kuchlanish tushuvini kamaytirish, elektr tarmoqlarining barqarorligini oshirish va uskunalarning xizmat muddatini uzaytirishga qaratilgan nazariy hamda amaliy yechimlarni ishlab chiqish.
Usullari: Asinxron motorlarni ishga tushirishda yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilish, silliq ishga tushirish texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini asoslash va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bilan integratsiyasini o‘rganish.
Natijalar: Silliq ishga tushirish qurilmalari qo‘llanganda kuchlanish tushuvlari kamayishi, tarmoq barqarorligi va uskuna ishonchliligi ortishi, energiya tejamkorligi ta’minlanishi va sanoat korxonalari uchun xavfsiz hamda samarali energiya tizimini shakllantirish imkoniyati aniqlangan.
