Optimal egilish burchagini aniqlash uchun fotoelektrik batareyarning energetik ko‘rsatkichlari tahlili
Referat
Dolzarblik: fotoelektrik batareyalarning (PV modullar) optimal egilish burchagi energiya ishlab chiqarishda muhum rol o'ynaydi. Ko'pincha PV modullarini quyosh nurlaridan maksimal darajada foydalanish uchun optimal burchakka e'tibor bermasdan, tomning tabiiy qiyaliklariga mos ravishda joylashtirilishi kuzatilmoqda. Noto‘g‘ri burchakda o‘rnatilgan PV modellarining samaradorligi pasayadi bu esa energiya ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi. Shuning uchun PV modullarini ayniqsa fotoelektrik stansiyalarni optimal burchakda o‘rnatish PV tizimlari uchun muhum hisoblanadi. Ushbu maqolada 100kW quyosh fotoelektrik stansiyasi (FES) o‘rnatishdan oldin 550W quvvatli PV modulining statsiyonar holatda har xil egilish burchaglarida o‘lchangan elektr parametrlarining tahlili keltirilgan.
Maqsad: respublikaning janubiy mintaqasi bo‘lgan Termiz shahrida PV modularini optimal egilish burchagini va real sharoitdagi energetik ko‘rsatgichlarini aniqlash.
Usullar: fotoelektrik statnsiyalar “statsionar” o‘rnatilganligi sababli, tajribada ham FEB larning elektr parametrlarini o‘lchashning “statsionar” holati qo‘llanilgan.
Natijalar: respublikaning janubiy mintaqasida PV modullarining optimal egilish burchagini aniqlash uchun har xil egilish burchaklari sinab ko‘rildi. Bunda Termiz shahri uchun PV modulini doimiy (statsionar) burchakda o‘rnatish uchun eng yaxshi burchak 340 dan 380 gacha ekanligi aniqlandi. Mavsumiy o‘rnatish burchaklariga kelsak, qish fasli uchun tavsiya etilgan burchakga (340 dan 380 gacha) nisbatan 100-120 gradusga orttirish, yoz fasli uchun esa xuddi shuncha gradusga kamaytirish tavsiya etiladi. Quyosh panelining optimal egilish burchagi va yo'nalishi yilning oyi va o'rganilayotgan joyning geografik koordinatlariga bog'liq ekan.
