Oʻzbekistonda shamol energiyasining yalpi salohiyatini baholash
Referat
Dolzarbligi: zamonaviy energiya talablarini qondirish va global iqlim o‘zgarishlariga moslashish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni optimallashtirish dolzarb masalalardan biridir. O‘zbekiston hududida shamol energetik potensialini aniqlash va baholash, mahalliy iqlim sharoitlari va shamol rejimlarini hisobga olgan holda, mamlakatning “yashil energetika”ga o‘tishini tezlashtirish va energetik xavfsizlikni oshirish imkoniyatlarini beradi. Ushbu tadqiqot shamol energetikasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan strategiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Maqsad: O‘zbekiston hududida shamol tezligi, quvvat zichligi va energiyasi uchun Veybull taqsimoti parametrlarini hisoblash hamda shamol energetikasi loyihalarini rejalashtirish uchun shamol energiyasining yalpi salohiyatini baholash.
Usullari: . tadqiqotda 2000–2022 yillar oralig‘ida O‘zbekistonning 77 ta meteorologik stansiyasidan har 3 soatda to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilindi. Shamol tezligining o‘rtacha qiymatlari, shamol yo‘nalishi va energetik salohiyatini baholanishi uchun Veybull taqsimoti funksiyasi ishlatildi. Shuningdek, shamolning yillik tezligi va quvvati zichligi taqsimot xaritalari tuzildi.
Natijalar: tadqiqot davomida shamolning eng yuqori ko’p yillik o‘rtacha tezligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Buxoro viloyatlari, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hamda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida qayd etildi. Eng yuqori shamol energiyasi potensiali ega hududlar sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jasliq tumani (202,01 W/m²), Navoiy shahri (94,05 W/m²) va Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani (85,33 W/m²) aniqlandi.
