O‘zbekiston elektr energetikasining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: maqolada O‘zbekiston elektr energetikasi sohasining joriy holati va rivojlanish istiqbollari iqtisodiyotning barqaror o‘sishi hamda aholining turmush sifatini yaxshilash kontekstida tahlil qilingan. 2024-yilga kelib mamlakat elektr stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati 23,1 GVt ga yetgani va 2030-yilgacha elektr energiyasi iste’moli ikki baravar oshirishi lozimligi ta’kidlangan.


Maqsad: O‘zbekiston elektr energetikasi tizimining samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh va shamol energetikasi), atom elektr stansiyasi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali energetika sohasini modernizatsiya qilishdan iborat.


Usullar: energiya ishlab chiqarish strukturasini va asosiy energetik manbalarni (an’anaviy va qayta tiklanuvchi) tahlil qilish, bozor mexanizmlari va xorijiy investitsiyalar samaradorligini baholash usullaridan foydalanilgan.


Natijalar: atom elektr stansiyasini qurish orqali tabiiy gaz iste’molini kamaytirish, ekologik vaziyatni yaxshilash va quyosh hamda shamol energetikasi ulushini mamlakat energetika balansida 2030-2035-yillarga qadar 50% gacha oshirish imkoniyatlari asoslab beriladi.


Kalit sо‘zlar: elektr energetikasi, barqaror rivojlanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, atom energetikasi, energiya tejash, investitsiyalar, energetika islohotlari.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Kaxramon R. Allayev, Ikromjon U. Raxmonov, & Umid M. Mamadaminov. (2025). O‘zbekiston elektr energetikasining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 1–7. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/130
Ko'rishlar soni: 2