Issiq ob-havo sharoitida bug‘lantirishli sovutishga ega fotoelektrik o‘zgartirgich

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: joriy ishda Toshkent shahri iqlim sharoitida fotoelektrik modullarni bug’lantirish sovutish orqali aynan “passiv” sovutishga oid tabiiy tadqiqotlar va ishlanmalarning natijalari taqdim etilgan. Eksperimental Toshkent shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hududida joylashgan Geliopoligonda olib borilgan. Geliopoligonning geografik kordinatalari      sharqiy uzunlik      shimoliy kenglikda joylashgan. Kristall kremniyli quyosh elementlari asosidagi katta FEM bug’lantirib sovutish bo’yicha nazariy hisoblar olib borilgan. Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki bug’lantirib sovutish haqiqatdan ham o’ta qizish hisobiga FEM quvvat yo’qotilishi yetarlicha kamaytirishga samarali usul hisoblanadi.


Maqsad: bug’lantirib sovutish uskunasiga ega FEM tajribalarda issiqlik texnikasining standart usullaridan foydalanilgan shuning bilan bir qatorda “passiv” sovutish usuli ham qo’llanilgan.


Usullar: bug'lantiruvchi sovutish moslamasiga ega FEM tajribasi davomida standart issiqlik texnika usullari, shu jumladan "passiv" sovutish usuli qo'llanildi.


Natijalar: bug’lantirib sovutish samaradorligini aniqlash bo’yicha eksperimentlar ikkita bir xil ~1,64  maydonga ega FEM (biri sovutish orqali, ikkinchisi sovutishsiz) da tekshirildi. Atrof muhit harorati 38  yuqori bo’lganda FEM ishchi yuzasi harorati barqaror holda 33 - 35  kamaytirildi, FEM sovutilmaganda harorati 64  yetdi. Bu haroratda foydali ish koeffisientining (FIK) kamayishi 6% ko’p bo’lmagan ko’rsatgichni sovutilmagan modulda ~20% ga yaqin tashkil etdi. FEM harorati bo’yicha eksperiment natijalari nazariy hisoblar issiqlik uzatish tenglamalari bo’yicha hisoblangan ma’lumotlar bilan mosligini ko’rsatdi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Isroil A. Yuldoshev, Farkhodjon Sh. Turaev, Bozorbek M. Botirov, Yunus M. Kurbanov, Dalira R. Kakharova, & Jamshid B. Juraev. (2024). Issiq ob-havo sharoitida bug‘lantirishli sovutishga ega fotoelektrik o‘zgartirgich. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 115–123. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/113
Ko'rishlar soni: 37

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari