Issiqlik tashuvchi oqimlarni turbulizatsiyalash hisobiga quritish jarayonini jadallashtirish
Referat
Dolzarbligi: Issiqlik tashuvchi oqimlarni turbulizatsiyalash hisobiga quritish jarayonini jadallashtirish bugungi kunda sanoat va qishloq xo‘jaligida energiya samaradorligini oshirishning muhim ilmiy-texnik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. An’anaviy konvektiv quritish jarayonlarida issiqlik va massa almashinishning chegaraviy qatlam bilan cheklanishi quritish vaqtining uzayishi va energiya sarfining ortishiga olib keladi. Shu sababli turbulent oqimlardan foydalanish orqali issiqlik va massa almashinishni jadallashtirish, quritish davomiyligini qisqartirish hamda mahsulot sifatini saqlash dolzarb masala hisoblanadi.
Maqsad: ishning maqsadi issiqlik tashuvchi oqimlarini turbulizatsiyalashning quritish jarayoniga ta’sirini o‘rganish, issiqlik va massa almashinish jarayonlarini jadallashtirish imkoniyatlarini aniqlash hamda energiya sarfi va quritish samaradorligi nuqtai nazaridan istiqbolli texnologik yechimlarni asoslashdan iborat.
Metodlar: ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish, laminar hamda turbulent oqimlardagi issiqlik va massa almashinish qonuniyatlarini qiyosiy o‘rganish, quritish usullarini tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Shuningdek, turli olimlarning tajriba va nazariy tadqiqotlari natijalari asosida turbulizatsiyalashning afzalliklari, kamchiliklari va rivojlanish istiqbollari baholandi.
Natijalar: tadqiqotlar natijalarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, issiqlik tashuvchi oqimlarni turbulizatsiyalash material yuzasidagi chegaraviy qatlamni buzib, issiqlik va massa almashinish koeffitsientlarini oshiradi hamda quritish jarayonining jadallashishiga olib keladi. Turbulizatsiyalash usullari yuqori issiqlik-massa almashinish jadalligini ta’minlashi aniqlandi. Shu bilan birga, energiya sarfining ortishi, gidravlik qarshilik va mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar asosiy muammolar sifatida qayd etildi. Kelgusida energiya tejamkor turbulizatsiya usullarini ishlab chiqish, matematik modellashtirish va intellektual boshqaruv tizimlarini qo‘llash istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
