Uch fazali ferrorezonansli zanjirlarda subgarmonik tebranishlarning qo‘zg‘alish jarayonini tadqiq qilish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: elektr tarmoqlaridagi ferrorezonans hodisalari, xususan, yuqori kuchlanishli tarmoqlarda subgarmonik tebranishlarning (SGT) yuzaga kelishi avariya holatlari, o‘ta kuchlanishlar va elektr jihozlarining shikastlanishiga sabab bo‘lmoqda. Uch fazali ferrorezonansli zanjirlarda SGTni tahlil qilish nazariyasini rivojlantirish va ularning matematik modellarini ishlab chiqish elektr tarmoqlari va tizimlarining ishonchliligini oshirish, samarali himoya apparaturasini yaratish, shuningdek, ferrorezonans hodisalari asosida ikkilamchi energiya manbalari va chastota bo‘lgichlarini ishlab chiqish uchun zarur.


Maqsad: elementlari parallel ulangan uch fazali ferrorezonansli zanjirda ikkinchi tartibli (ω/2) subgarmonik tebranishlarning qo‘zg‘alish mexanizmini tadqiq qilish hamda ushbu tebranishlar yuzaga keladigan va barqaror mavjud bo‘ladigan zanjir parametrlari sohasini aniqlash.


Usullari: Kirxgof qonunlari asosida zanjirning nochiziqli integro-differensial tenglamalar tizimini matritsa shaklida tuzish, ferromagnit elementning veber-amper tavsifini kubik polinom bilan approksimatsiyalash, tenglamalarni o‘lchamsiz vaqtga keltirish, Kardano formulasi yordamida yechish va MATLAB muhitida kompyuter modellashtirish.


Natijalar: uch fazali ferrorezonansli zanjirning matematik modeli va soddalashtirilgan hisoblash algoritmi ishlab chiqildi; ω/2 chastotali SGT boshlang‘ich shartlarga bog‘liq bo‘lmagan holda fazalari 120° ga simmetrik siljigan holda «yumshoq» qo‘zg‘alishi hamda zanjir parametrlari va kirish kuchlanishining chegaralangan sohasida mavjud bo‘lishi aniqlandi. Natijalardan elektr ta’minoti tizimlarida yuzaga keladigan avtoparametrik tebranishlarni bartaraf etishda va uch fazali ferrorezonansli chastota bo‘lgichlarini loyihalashda foydalanish mumkin.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Mukhtarkhan I. Ibadullaev. (2026). Uch fazali ferrorezonansli zanjirlarda subgarmonik tebranishlarning qo‘zg‘alish jarayonini tadqiq qilish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3(1), 201–206. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/475
Ko'rishlar soni: 24