“Yashil” energiya manbalarini oqilona diversifikatsiyalash zaruriyati va uni amalga oshirish yo‘llari
Referat
Dolzarbligi: Oxirgi yillarda mamlakatimiz energetika tizimida “yashil” energetika sohasi jadal rivojlanib elektr energiyasi istemolidagi hissasi 25% ga yetdi. Ushbu energiya mabalari asosini quyosh fotoelektr stansiyalari tashkil etmoqda. “Yashil” energetikaning afzalliklari bilan birga ularning energetika tizimi barqarorligiga salbiy ta’siri borligini e’tirof etish mumkin. Hozirgi kunda aholi uy-joylarida va ijtimoiy ob’ektlarda quyosh panellarni o‘rnatish keskin oshganligi tufayli kunduzgi istemol minimal bo‘lganda generatsiyani keskin oshishi hisobidan energiya ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti. Ushbu muammoning samarador yechimlaridan biri energiya manbalarini oqilona diversifikatsiyalash hisoblanadi.
Maqsad: Elektr energetika tizimini modernizatsiya qilishda quvvat generatsiyasi boshqarilmaydigan energiya manbalarini quvvat generatsiyasi boshqariladigan energiya manbalari bilan oqilona diversifikatsiyalash orqali enerotizim barqarorligini oshirish.
Usullar: xalqaro tajriba va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni qiyoslash usullaridan foydalaniladi.
Natijalar: “Yashil” energetikani rivojlantirish uchun joriy etilgan rag‘batlantirish tizimini energiya manbalari quvvatini oqilona diversifikatsiyalashni va energetika tizimi barqarorligiga ta’sirini e’tiborga oluvchi rag‘batlantirish mexanizmlarini kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
