Buxoro shahri issiqlik ta’minoti tizimining elektr ta’minoti sxemasida quyosh energiyasidan foydalanishni tadqiq etish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: issiqlik energetika sanoatida raqamlashtirishni joriy etgan holda, mavjud turli issiqlik ta'minoti tizimlarini tahlil qilish va ularda zamonaviy no‘ananaviy energiya manbalarini tadqiq qilish mavjud issiqlik ta'minoti tizimlarida energiya resurslaridan foydalanish samaralorligini oshirishga asos bo‘lib, bu issiqlik ta'minoti tizimlarida energiya isroflari sezilarli yuqori ekanligigi bilan bogʻliq. Raqamlashtirilgan va o‘rnatilgan zamonaviy yopiq issiqlik ta’minoti tizimlarida energiya yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytirishni ta’minlashi va shu bilan bir vaqtda issiqlik ta’minoti tizimlarining elektr  ta’minoti sxemasida quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatib, ulardan foydalanish natijasida energiya resurslaridan yanada oqilona foydalanishga olib kelishi asoslab berilgan.


Maqsad: issiqlik ta'minoti tizimlarida energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini  yanada oshirish, issiqlik va elektr  energiyasini sezilarli darajada tejashni ta'minlash, issiqlik energiyasini zamonaviy yopiq issiqlik ta’minoti tizimlarida  ishlab chiqarish va  bu maqsadda talab qilinadigan elektr ta’minoti sxemasida  quyosh fotoelektr stansiyalaridan foydalanishni joriy qilish, issiqlik energiyasini aholiga uzatish, taqsimlash va ta'minotini tartibga solish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, iste'molchilar uchun issiqlik va elektr energiyasini yanada oqilona va aniqroq hisobga olishni joriy etiladi.


Usullar:  qozonxona komplekslarining issiqlik ishlab chiqarish va ta’minoti tizimlarini takomillashtirish, ularning elektr ta’minoti sxemalarida noan’anaviy energiya manbalarini qo‘llash va issiqlik-texnik parametrlarini optimallashtirish orqali energiya samaradorligini oshirish.


Natijalar: iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning, issiqlik ta’minoti tizimlarini raqamlashtirish, issiqlik va elektr energiyasini monitoring qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan axborot-o'lchov tizimlari (rus tilida- AIISKUE va AIISKUT) joriy qilinadi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Rashid B. Jalilov, Umar U. Kamalov, & Anvar T. Karaev. (2026). Buxoro shahri issiqlik ta’minoti tizimining elektr ta’minoti sxemasida quyosh energiyasidan foydalanishni tadqiq etish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3(1), 143–151. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/464
Ko'rishlar soni: 5