Moyli kuch transformatorlarini kumulyativ zarar asosida diagnostika qilish va boshqarish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: moyli kuch transformatorlari elektr ta’minoti tizimlarining eng qimmat va mas’uliyatli elementlaridan biri bo‘lib, ularning ishdan chiqishi katta iqtisodiy zarar va uzoq muddatli uzilishlarga olib keladi. Mavjud onlayn monitoring vositalari odatda bitta fizik jarayonni (issiqlik rejimi yoki moyda erigan gazlar) nazorat qiladi va qisqa tutashuv toklari, titrash hamda termik qarish ta’sirida to‘planadigan zararlarni yagona ko‘rsatkichda baholash imkonini bermaydi.


Maqsad: qisqa tutashuv toklari, titrash tezlanishi va eng issiq nuqta harorati ta’sirida to‘planadigan kumulyativ zararni hisobga oluvchi matematik model, algoritm va real vaqtda diagnostika qilish orqali ish rejimlarini boshqarish qurilmasini ishlab chiqish hamda uning samaradorligini baholash.


Usullari: Palmgren–Miner chiziqli zarar to‘planishi qoidasi, Arrhenius tenglamasi, Fisher mezoni, ishonchlilik nazariyasining eksponensial modeli, MATLAB/Simulink muhitida imitatsion modellashtirish hamda 20 MVA, 110/6 kV transformatorda bir yillik eksperimental tadqiqot.


Natijalar: boshqaruv joriy etilgach kommutatsion zarar ulushi 8,75 % dan 4,86 % gacha, titrash zarari 4,0 % dan 1,6 % gacha, termik degradatsiya 3,28 % dan 0,30 % gacha kamaydi; umumiy yillik zarar 16 % dan 6,8 % gacha (57,5 % ga) pasaydi. Bir yillik buzilmasdan ishlash ehtimoli 0,852 dan 0,934 gacha oshdi, yillik iqtisodiy samara 219 mln so‘mni tashkil etdi, qurilmaning qoplanish muddati bir oydan kam.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Nodirjon O. Ataullayev, & San’at Z. Tog‘aymurodov. (2026). Moyli kuch transformatorlarini kumulyativ zarar asosida diagnostika qilish va boshqarish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3(1), 152–159. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/463
Ko'rishlar soni: 4