Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining taqsimlash tarmoqlaridagi energiya isroflariga ta’sirini tahlil qilish
Referat
Dolzarbligi: : quyosh fotoelektr va shamol generatsiyasining taqsimlash tarmoqlariga jadal integratsiyalanishi quvvat oqimlarining an’anaviy bir yo‘nalishli tuzilishini o‘zgartirmoqda. Past va o‘rta penetratsiyada mahalliy generatsiya liniya toklarini va I²R isroflarini kamaytirishi mumkin, biroq yuqori penetratsiyada teskari quvvat oqimi va kuchlanishning ortishi ayrim uchastkalarda isroflarni qayta oshirishi mumkin. Shu sababli QТEMning isroflarga ta’sirini ish rejimi va boshqaruv vositalari bilan birgalikda baholash dolzarbdir.
Maqsad: qayta tiklanuvchi energiya manbalarining taqsimlash tarmoqlaridagi energiya isroflariga ta’sir mexanizmlarini aniqlash, xalqaro tadqiqotlarda keltirilgan miqdoriy natijalarni qiyosiy baholash hamda hosting capacity, kuchlanish profili va talabni boshqarish o‘rtasidagi bog‘lanishni tahlil qilish.
Usullari: qayta tiklanuvchi energiya manbalarining taqsimlash tarmoqlaridagi energiya isroflariga ta’sirini miqdoriy baholash uchun IEEE 33- va 123-tugunli test tizimlari hamda real past kuchlanishli tar-moqlarda olingan natijalar o‘zaro solishtirildi. Aktiv quvvat isroflari I²R va branch-flow bog‘lanishlari asosida baholandi. QТEM penetratsiyasi, hosting capacity, kuchlanish og‘ishi va demand response asosiy qiyosiy ko‘rsatkichlar sifatida qabul qilindi. Ochiq e’lon qilingan sonli jadvallar asosida kuchlanish profili, hosting capacity-isrof bog‘lanishi va demand response-isrof sezgirligi grafiklari qayta qurildi.
Natijalar: QТEMning isroflarga ta’siri nochiziqli va ish rejimiga bog‘liq ekani aniqlandi. Meng va boshq. ishida tarmoq isroflari 3,88 % ga kamaygan. Loji va boshq. natijalarida demand response C6 holatida isrofni 1471,68 dan 1248,63 kWh gacha kamaytirgan, 18-tugundagi minimal kuchlanish esa 0,9141 dan 0,9327 p.u. gacha yaxshilangan. Demand re-sponse ishtiroki 0-30 % oralig‘ida isrofni 1489,95 dan 1273 kWh gacha kamaytirgan.
