Tojlanish yo‘qotishlarining ko‘p omilli xususiyatlarini tahlil qilish va ularni kamaytirish qonuniyatlarini asoslash

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzаrbligi: so‘nggi yillarda dunyo energetika tizimlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi ortishi, elektr tarmoqlarini raqamlashtirish va intellektuallashtirish, energiya samaradorligini oshirish hamda elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish masalalari ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Mazkur jarayonlar O‘zbekiston elektr energetika tizimida ham yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining ishonchliligi va samaradorligiga qo‘yiladigan talablarni oshirmoqda. Bunday sharoitda 220–500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida yuzaga keladigan tojlanish hodisasi qo‘shimcha aktiv quvvat va elektr energiyasi yo‘qotishlariga, elektromagnit xalaqitlar hamda ekspluatatsion ko‘rsatkichlarning yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Tojlanish yo‘qotishlarining miqdori ishchi kuchlanish, o‘tkazgich geometriyasi, elektr maydon kuchlanganligi, havo harorati, namlik, atmosfera bosimi, yog‘ingarchilik, changlanish va o‘tkazgich sirtining holati kabi ko‘plab o‘zaro bog‘liq omillarga bog‘liq. Shu sababli tojlanish yo‘qotishlarini alohida omillar asosida emas, balki ularning birgalikdagi ta’sirini hisobga olgan holda kompleks baholash, ko‘p omilli qonuniyatlarini aniqlash hamda yo‘qotishlarni kamaytirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.


Mаqsаd: yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida tojlanish yo‘qotishlarining elektr, geometrik, meteorologik va ekspluatatsion omillarga bog‘liq ko‘p omilli xususiyatlarini tahlil qilish hamda ushbu yo‘qotishlarni kamaytirishning ilmiy asoslangan qonuniyatlarini aniqlash.


Usullаr: yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida tojlanish yo‘qotishlariga ta’sir etuvchi elektr, geometrik, meteorologik va ekspluatatsion omillarni qiyosiy tahlil qilish, eksperimental kuzatuv, hisobiy-tahliliy modellashtirish hamda statistik ma’lumotlarni qayta ishlash usullaridan foydalaniladi.


Nаtijаlаr: yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarida tojlanish yo‘qotishlarining elektr, geometrik, meteorologik va ekspluatatsion omillarga bog‘liq holda shakllanish qonuniyatlari aniqlanadi. Ko‘p omilli tahlil asosida tojlanish intensivligiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ajratiladi, ularning o‘zaro bog‘liqligi baholanadi hamda tojlanish yo‘qotishlarini kamaytirishga qaratilgan samarali texnik va ekspluatatsion choralar asoslanadi. Olingan natijalar asosida yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarining energiya samaradorligini oshirish va tojlanish bilan bog‘liq elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha tegishli ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Akram N. Tovboyev, & Islom B. Tog‘ayev. (2026). Tojlanish yo‘qotishlarining ko‘p omilli xususiyatlarini tahlil qilish va ularni kamaytirish qonuniyatlarini asoslash . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3(1), 97–105. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/453
Ko'rishlar soni: 3