Havoli sovutish apparatlarida konstruktiv va ish rejimi parametrlarining energiya samaradorligiga taʼsiri

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Havoli sovutish apparatlarining energetik samaradorligi issiqlik almashinish yuzasining konstruktiv xususiyatlari, quvurlarning joylashuvi, qovurgʻalanish darajasi, havo oqimining tashkil etilishi hamda ventilyator elektr yuritmasining ish rejimiga bevosita bogʻliq. Ushbu omillarning oqilona tanlanmasligi issiqlik uzatish intensivligining pasayishi, aerodinamik qarshilikning ortishi va elektr energiyasi sarfining koʻpayishiga olib keladi.


Maqsad: Havoli sovutish apparatlarining asosiy konstruktiv va ekspluatatsion parametrlarini tizimli tahlil qilish hamda ularning issiqlik almashinish jarayoni va energiya iste’moliga ta’sirini baholashdan iborat.


Usullari: Tadqiqotda issiqlik almashgich quvurlarining joylashuvi, qovurgʻalanish usullari, ichki oqimni jadallashtiruvchi elementlar, ventilyator yuritmasining reduktorli, tasmali va bevosita ulanish sxemalari hamda aylanish tezligini boshqarish usullari qiyosiy tahlil qilingan.


Natijalar: Tahlil natijasida issiqlik almashinish yuzasini kengaytirish va oqim turbulentligini kuchaytirish issiqlik uzatishni jadallashtirishi, biroq gidravlik va aerodinamik qarshilikning ortishini ham keltirib chiqarishi aniqlandi. Ventilyator aylanish tezligini rostlash, elektr yuritmani optimal ulash va parraklarning oʻrnatilish burchagini boshqarish energiya sarfini kamaytirish hamda sovutish jarayonining barqarorligini ta’minlashning asosiy yoʻnalishlari sifatida belgilandi. Havoli sovutish apparatlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun issiqlik almashgich va ventilyator tizimlarini oʻzaro bogʻliq holda optimallashtirish zarurligi asoslandi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Nasillo N. Sadullayev, Firdavs F. Muzaffarov, & Firdavs F. Murtazoyev. (2026). Havoli sovutish apparatlarida konstruktiv va ish rejimi parametrlarining energiya samaradorligiga taʼsiri. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3(1), 45–55. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/447
Ko'rishlar soni: 3