Temir yo‘l elektr ta’minoti tizimlarida qo‘llaniladigan kuch transformatorlarining konstruktiv va ekspluatatsion xususiyatlarini tahlil qilish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Maqola temir yo‘l elektr ta’minoti tizimlarida qo‘llaniladigan kuch transformatorlarining konstruktiv va ekspluatatsion xususiyatlari tahlil qilishga bag‘ishlangn bo‘lib, transformatorlarning magnit o‘zak, chulg‘am, izolyatsiya va sovitish tizimi kabi asosiy elementlari ularning energiya samaradorligi, qisqa tutashuv toklariga chidamliligi va uzoq muddatli barqaror ishlashini belgilashda asosiy omil sifati qarash lozimligi asoslangan. Shuningdek, konstruktiv parametrlar va ekspluatatsion ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik umumlashtirilgan model holatida shakllantirilgan bo‘lib, natijalar temir yo‘l sharoitida foydalaniladigan transformatorlarning ishonchliligi va samaradorligini oshirishda konstruktiv yechimlar muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.


Maqsad: Temir yo‘l elektr ta’minoti tizimlarida qo‘llaniladigan kuch transformatorlarining konstruktiv va ekspluatatsion xususiyatlarini tahlil qilish iborat.


Usullar: Maqolada kuch transformatorlarining konstruktiv va ekspluatatsion xususiyatlarini tahlil qilishda elektromagnit maydonlar, elektr mashinalari, issiqlik almashinuvi, izolyatsiya, mexanik mustahkamlik, ishonchlilik va energiya samaradorligi nazariyalariga tayanildi. Ushbu nazariyalar va matematik ifodalar kuch transformatorlarining konstruktiv parametrlari bilan ekspluatatsion ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur tahlil qilish imkonini beradi hamda temir yo‘l elektr ta’minoti tizimlari uchun optimal texnik yechimlarni asoslashga xizmat qiladi.


Natijalar: Kuch transformatorlarining konstruktiv parametrlaridan kelib chiqadigan fizik jarayonlar bevosita ularning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Magnit o‘zak, chulg‘am va izolyatsiya konstruktsiyasi energiya isroflari, tok zichligi va harorat rejimini shakllantiradi. Sovitish va mexanik mustahkamlik esa barqaror ishlash va avariya xavfini kamaytiradi. Shu tariqa, konstruktiv yechimlar va ekspluatatsion natijalar o‘rtasidagi umumlashtirilgan model transformatorlarning ishonchliligi, samaradorligi va xizmat muddatini optimallashtirishga imkon beradi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Otabek T. Boltayev, Bobomurod K. Avazov, & Ulmas A. Rajabov. (2026). Temir yo‘l elektr ta’minoti tizimlarida qo‘llaniladigan kuch transformatorlarining konstruktiv va ekspluatatsion xususiyatlarini tahlil qilish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 271–279. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/438
Ko'rishlar soni: 6