Vertikal va qiya yo‘naltirilgan quduqlar trayektoriyasini nazorat qilish tizimlari uchun inklinometrik o‘zgartirgichlarga qo‘yiladigan metrologik talablarni ishlab chiqish va tahlil qilish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: maqolada quduqlarni vertikal va qiya yo‘naltirilgan burg‘ilashda qo‘llaniladigan inklinometrik o‘zgartirgichlarga qo‘yiladigan metrologik talablar ko‘rib chiqiladi. Quduq stvolining fazoviy holatini aniqlash aniqligini oshirish zamonaviy burg‘ilash ishlab chiqarishining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki burg‘ilash ishlarining xavfsizligi, iqtisodiy samaradorligi va texnologik samaradorligi inklinometrik o‘lchovlarning ishonchliligiga bog‘liq. Yuqori harorat, bosim, tebranish va zarba yuklamalari sharoitida asbobning zenit va azimut burchaklarini o‘lchash aniqligiga hamda fazoviy yo‘nalishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Inklinometrik o‘zgartirgichlarning o‘lchash xatoligi, o‘lchanadigan burchaklar diapazoni, ajrata olish qobiliyati, natijalarning takrorlanuvchanligi, harorat barqarorligi va uzoq muddatli ishonchliligi talablariga alohida e’tibor qaratilgan.


Maqsad: o‘zgartirgichlarning metrologik xususiyatlarini oshirish quduqlarni qurishning zamonaviy texnologiyalarini rivojlantirishning muhim yo‘nalishi bo‘lib, xavflarni kamaytirish, trayektoriyani optimallashtirish hamda geologiya-qidiruv va foydalanish ishlari sifatini oshirishni ta’minlaydi.


Usullari: xalqaro tajriba va talabni boshqarishning qiyosiy tahlil usullaridan foydalaniladi.


Natijalar: quduqning fazoviy holati parametrlarini o‘lchash aniqligiga ekspluatatsion omillarning ta’sirini hisobga olgan holda vertikal va qiya yo‘naltirilgan burg‘ilash sharoitlarida ishlaydigan inklinometrik o‘zgartirgichlarga qo‘yiladigan metrologik talablarni shakllantirish va asoslash bo‘yicha tadqiqotlar natijalari

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Sulton F. Amirov, & Aminjon O. Ataullayev. (2026). Vertikal va qiya yo‘naltirilgan quduqlar trayektoriyasini nazorat qilish tizimlari uchun inklinometrik o‘zgartirgichlarga qo‘yiladigan metrologik talablarni ishlab chiqish va tahlil qilish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 231–238. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/433
Ko'rishlar soni: 7