Yangi meva va sabzavotlarning saqlash muddatini uzaytirish uchun ultratovush va ultrabinafsha nurlanishining sinergik qo‘llanilishi

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: meva va sabzavotlar inson ratsionida muhim o‘rin tutuvchi biologik faol moddalar, vitaminlar, mineral elementlar hamda antioksidantlarning asosiy manbai hisoblanadi. Biroq yig‘ib olingandan so‘ng ularda nafas olish jarayonlari, fermentativ reaksiyalar va mikroorganizmlarning rivojlanishi davom etishi natijasida sifat ko‘rsatkichlari pasayadi hamda saqlash muddati qisqaradi. An'anaviy konservatsiya usullari, jumladan kimyoviy dezinfeksiya vositalari va issiqlik bilan ishlov berish mahsulotning organoleptik hamda ozuqaviy xususiyatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli ultratovush va ultrabinafsha (UV-C) nurlar asosidagi noissiqlik ishlov berish texnologiyalarini uyg‘unlashtirish orqali meva-sabzavotlarning mikrobiologik xavfsizligini ta'minlash, sifatini saqlash va saqlash muddatini uzaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yechimlarni ishlab chiqish dolzarb ilmiy-amaliy vazifa hisoblanadi.


Maqsad: ultratovush va ultrabinafsha (UV-C) nurlarining birgalikdagi sinergik ta'sirini o‘rganish, ularning meva va sabzavotlarning mikrobiologik holati, fizik-kimyoviy hamda bioaktiv xususiyatlariga ta'sirini baholash, saqlash muddatini uzaytirishning optimal texnologik parametrlarini aniqlash hamda jarayonning matematik modelini ishlab chiqish.


Usullari: tadqiqotda yuqori intensivlikdagi ultratovush va 254 nm to‘lqin uzunligidagi UV-C nurlanishidan foydalanishga asoslangan kombinatsiyalangan ishlov berish texnologiyasi taklif etiladi. Jarayonni optimallashtirish uchun Response Surface Methodology (RSM) va Box–Behnken eksperimental dizaynidan foydalanish rejalashtirilgan. Mahsulot sifatini baholashda mikrobiologik tahlillar, massa yo‘qotilishi, rang koordinatalari (CIELAB), tekstura, askorbin kislotasi, umumiy fenol birikmalari va antioksidant faolligi aniqlanadi. Olingan natijalarni tavsiflash uchun mikroorganizmlar inaktivatsiyasi kinetikasi, namlik diffuziyasi va saqlash muddatini prognozlashning matematik modellari ishlab chiqiladi.


Natijalar: tadqiqot natijasida ultratovush va UV-C nurlarining birgalikdagi qo‘llanilishi mikroorganizmlar rivojlanishini samarali cheklashi, meva va sabzavotlarning tabiiy rangi, teksturasi, askorbin kislotasi hamda antioksidant birikmalarini yuqori darajada saqlab qolishi kutilmoqda. Jarayonning matematik modeli ishlab chiqilishi natijasida ishlov berish parametrlarini optimallashtirish va mahsulotning saqlash muddatini oldindan prognoz qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, oziq-ovqat sanoatida qo‘llash uchun ekologik xavfsiz, energiya tejamkor va kimyoviy konservantlardan foydalanishni kamaytiruvchi innovatsion noissiqlik texnologiyasi taklif etiladi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Jasur E. Safarov, Shaxnoza A. Sultanova, Murodjon M. Pulatov, & Azamat B. Usenov. (2026). Yangi meva va sabzavotlarning saqlash muddatini uzaytirish uchun ultratovush va ultrabinafsha nurlanishining sinergik qo‘llanilishi. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 211–220. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/428
Ko'rishlar soni: 6

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari