Taqsimlovchi elektr tarmoqlarida elektr energiyasi isroflarini prognozlash modellarini ma’lumotlar murakkabligi mezoni asosida tanlash

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: : 0,4 kV taqsimlovchi tarmoqlarda elektr energiyasi isroflarini prognozlashda bir xil model barcha vaqt qatorlari uchun bir xil samaradorlikni ta'minlamaydi. AMI va smart-meter ma'lumotlari hajmining ortishi ma'lumotlar tuzilishiga mos modelni tanlash masalasini alohida ilmiy vazifaga aylantiradi.


Maqsad: ma'lumotlar hajmi va variativligini birlashtiruvchi integral mezon asosida Regression, GMDH, ARIMA, MLP va DBSCAN-MLP modellarining ratsional qo'llanish diapazonlarini aniqlash.


Usullari: 2021-2023-yillardagi 912 ta real ekspluatatsion kuzatuv, korrelyatsion tahlil, Fisher o'zgartirishi va Z-mezon, polinomial regressiya, ARIMA, GMDH, MLP, DBSCAN-MLP hamda MAPE baholash mezonidan foydalanildi. Model tanlash uchun mezoni qo'llanildi.


Natijalar: 20 ta bir omilli va 20 ta ko'p omilli tanlanma tahlili asosida model tanlashning empirik chegaralari olindi. Umumiy MAPE qiymatlari Regression, ARIMA, GMDH, MLP va DBSCAN-MLP uchun mos ravishda 5,01; 3,15; 5,05; 2,58 va 2,10 % ni tashkil etdi. Ko'p omilli ma'lumotlarda gibrid modelga o'tish chegarasi θ≥3,9, bir omilli ma'lumotlarda θ≥4,2 deb aniqlandi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Xilola Z. Nazirova. (2026). Taqsimlovchi elektr tarmoqlarida elektr energiyasi isroflarini prognozlash modellarini ma’lumotlar murakkabligi mezoni asosida tanlash. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 194–202. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/426
Ko'rishlar soni: 8