Shaharlarning turar-joy va jamoat sektorlarida maksimal elektr yuklamalarini statistik baholash usuli

TO'LIQ MATN:

Referat

DSc, prof., Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, 100095, Oʻzbekiston; saidhodzaevanvar1@gmail.com  https://orcid.org/0000-0001-5100-2389


 


Dolzarbligi: shaharlar elektr ta’minoti tizimlarining asosiy iste’molchilari – turar-joy va jamoat binolari hisoblanadi. Bu binolarning maksimal (hisobiy) elektr yuklamasini aniqlash loyihalash, rekonstruksiya qilish va energiya tejamkorligi tadbirlarini asoslashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Amaldagi me’yoriy usullar yuklamani iste’molchilar soniga qarab o‘rtacha koeffitsiyentlar orqali topadi va bir turdagi iste’molchilar yuklamalarining statistik tarqoqligini hamda turkumlararo korrelyatsiyani hisobga olmaydi, natijada hisobiy yuklama ayrim turkumlar uchun 18,9 % gacha, o‘rtacha esa 6,2 % xato bilan aniqlanadi. Bu esa kabel va transformatorlarning asossiz zaxiralanishiga yoki aksincha, haddan tashqari yuklanishiga olib keladi.


Maqsad: shaharlarning turar-joy va jamoat sektoridagi bir xil turdagi iste’molchilar uchun maksimal (hisobiy) elektr yuklamani aniqlashning statistik asoslangan yangi usulini va hisoblash formulasini ishlab chiqish, uning to‘g‘riligini tajriba ma’lumotlari asosida tekshirish.


Usullari: ehtimollik-statistik tahlil, elektr yuklamalarni ko‘p o‘lchovli statistik modellashtirish, me’yoriy hujjatlar va ilmiy adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish, hisobiy natijalarni tabiiy o‘lchovlar bilan solishtirish.


Natijalar: bir xil turdagi iste’molchilar uchun bir vaqtda ishlash koeffitsiyentini ularning soni va yuklama tarqoqligi orqali ifodalovchi yangi formula taklif etildi. Toshkent shahrining turar-joy massivida o‘tkazilgan tajriba tekshiruvlari yangi usul xatoligini o‘rtacha 3,4 % gacha kamaytirganini ko‘rsatdi (amaldagi usulda 6,2 %). Olingan natijalar shahar taqsimlash tarmoqlari va transformator podstansiyalarining quvvatini tanlashda qo‘llanishi mumkin.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Anvar G. Saidxodjayev. (2026). Shaharlarning turar-joy va jamoat sektorlarida maksimal elektr yuklamalarini statistik baholash usuli. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 186–193. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/425
Ko'rishlar soni: 7