Quyosh fotoelektr tizimlari va energiya saqlash qurilmalari asosida taqsimlangan generatsiya samaradorligini oshirish
Referat
Dolzarbligi: taqsimlangan quyosh fotoelektr tizimlarining elektr tarmoqlaridagi ulushi ortishi bilan ularning o‘zgaruvchan generatsiyasini mahalliy yuklama bilan muvofiqlashtirish masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda. Quyosh nurlanishining sutkalik va qisqa muddatli o‘zgarishi tarmoqdan olinadigan hamda tarmoqqa uzatiladigan quvvatning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Batareyali energiya saqlash tizimi ortiqcha fotoelektr energiyasini vaqt bo‘yicha ko‘chirish va tarmoq bilan quvvat almashinuvini yumshatish imkonini beradi.
For citation: Taslimov A.D., Turaev A.I., Melikuziev M.V., Abduvaliev F.Sh., Samiev Sh.S. Improving distributed generation efficiency using solar photovoltaic and battery energy storage systems. Scientific and technical journal of Problems of Energy and Sources Saving, 2026, no. 3, pp. 68-76.
https://doi.org/10.5281/zenodo.23206789
Received: 17.01.2026
Revised: 13.02.2026
Accepted: 14.03.2026
Published: 25.09.2026
Copyright: © Abdurakhim D. Taslimov, A’zam I. Turaev, Mirkomil V. Melikuziev, Fayoz Sh. Abduvaliev, Shohrukh S. Samiev. 2026. Submitted to Problems of Energy and Sources Saving for possible open access publication under the terms and conditions of the Creative Commons Attri- bution (CC BY) license (https:// creativecommons.org/licenses/by/ 4.0/).
Maqsad: 10,24 kW quvvatli quyosh fotoelektr tizimi va 20 kWh sig‘imli energiya saqlash tizimining turli quyosh nurlanishi va yuklama holatlaridagi energiya balansini, zaryad-razryad rejimlarini va tarmoq bilan quvvat almashinuviga ta’sirini baholash.
Usullari: fotoelektr ishlab chiqarish, invertor yo‘qotishlari, mahalliy yuklama, energiya saqlash tizimining zaryad-razryad samaradorligi va zaryadlanganlik darajasi hisobga olingan soddalashtirilgan energetik model qo‘llanildi. To‘rtta xarakterli rejim uchun quvvat va energiya balansi hisoblandi.
Natijalar: G = 800 W/m² sharoitida o‘zgaruvchan tok tomonidagi fotoelektr quvvat 9,93 kW bo‘lib, 8 kW yuklamada 1,93 kW ortiqcha quvvat hosil bo‘ldi. Ushbu rejim 3 soat davom etganda 92 % zaryad samaradorligini hisobga olib batareyada 5,33 kWh energiya yig‘ilishi va zaryadlanganlik darajasining 50 % dan 76,7 % gacha oshishi aniqlandi. G = 300 W/m² sharoitida esa 4,28 kW quvvat yetishmovchiligi yuzaga kelib, energiya saqlash tizimi 2 soat davomida yuklamani tarmoqdan quvvat olmasdan ta’minlay olishi ko‘rsatildi. Kechki 10 kW yuklama holatida 8 kW razryad quvvati cheklovi sababli tarmoqdan olinadigan quvvat 2 kW gacha kamaytirildi.
